Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Ilhom Mo‘minjonov: "Neftchi" - tarixiy jamoa"

Ilhom Mo‘minjonov: "Neftchi" - tarixiy jamoa"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov Pro liganing 23-turidan o‘rin olgan "Nurafshon"ga qarshi o‘yindan so‘ng (2:2) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bugungi o‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsak, bundan 3-4 tur oldin chempionlik masalasini hal qilib, Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edik. Shundan so‘ng, ayrim tajribali o‘yinchilarimizga dam berib, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan futbolchilarimizga imkon yaratib, oxirgi 3ta uchrashuvni yosh ijrochilarimiz bilan o‘tkazib kelmoqdamiz. " Nurafshon " jamoasi uchun bugungi bellashuv hal qiluvchi bo‘lishini hamma yaxshi bilardi. Ularga g‘alaba juda muhim edi. Afsus, ular bugun yuta olishmadi. Shu o‘rinda biz uchun ham afsuski, himoyachilarimizning qo‘pol xatosi evaziga g‘alabani qo‘ldan chiqardik. Keyingi o‘yinni Samarqandda o‘tkazamiz va ushbu bahsga tayyorgarlikni davom ettiramiz. Bu bellashuv orqali kelajakdagi Superliga mavsumini o‘ylab, yosh futbolchilarni ham jalb qilishga harakat qilamiz. Chunki, hozirgi kunda U-18 birinchiligida yosh futbolchilarimiz birinchi o‘rinni egallab, chempionlik uchun kurash olib borishmoqda. Aynan, yosh va iqtidorli futbolchilarimizga ham e’tibor qaratib, ularni jalb qilamiz degan umiddaman.

Jamoamizning kelgusi transferlar borasiga to‘xtalsak, yangi futbolchilar bilan muzokaralar olib boramiz. "Neftchi"- tarihiy va brend maqomiga ega jamoa hisoblanadi. Shuning uchun, rahbariyatimiz tomonidan oldimizga yuksak maqsadlar qo‘yilgan va kelgusi mavsumda Superligada chiroyli o‘yinlarimiz orqali o‘z mavqeimizni ko‘tarib, OCHL o‘yinlarida ishtirok etish uchun kurash olib boramiz,-deydi bosh murabbiy", – dedi murabbiy.

Manba: "Нефтчи" матбуот ҳизмати
Kiritildi: 21:31, 14.11.2021.
O'qildi: 1617 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.