«Roma» klubi mavsum-2021/2022 uchun uchinchi komlekt formani taqdim etdi.
Forma "New Balance" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosiy rangi sifatida sariq rang tanlangan. Shuningdek, qizil-ko‘k rangdagi chiziqlar diagonal tarzda o‘tkazilgan. Klub logotipining o‘rniga esa jamoaning ramzi bo‘lgan bo‘rining boshi futbolkaning ko‘krak qismiga tushirilgan.