Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Fantastik to‘rtlik mundialdan qolib ketishi mumkin

Fantastik to‘rtlik mundialdan qolib ketishi mumkin

Baho:
+ | -

FIFA kunlari doirasida bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionati uchun saralash o‘yinlarida bir-biridan qiziq va kutilmagan holatlar kuzatilmoqda. Qaysidir o‘yinda 10tadan gol urilyapti (San Marino – Angliya), boshqasida polisiya qoidalar buzilgani uchun uchrashuvni qoq o‘rtasida to‘xtatib qo‘ymoqda (Braziliya – Argentina), yana birida “Oltin To‘p“ning 5 karra g‘olibi bo‘lgan jamoadan so‘nggi daqiqalarda Mundial yo‘llanmasini tortib olishdi (Portugaliya – Serbiya). Bu kabi voqealarni yetarlicha topishimiz mumkin. Ojizona fikrimizga ko‘ra, tomoshabinlar qiziqarli vaziyatlarni ijtimoiy tarmoqlardan ko‘rib bilib turishibdi. Shunday ekan, biz hozir kutilmagan holatlarga e’tibor qaratishni lozim topdik. Ya’ni quyida keltirilgan jamoalar Mundial yo‘llanmasidan quruq qolishi mumkin. Mana shu muxlis va mutaxassislar uchun katta sensasiya bo‘ladi, nazarimizda. Demak, boshladik.

Italiya

Amaldagi Yevropa chempionlari so‘nggi turlardagi keraksiz duranglar sabab Shveysariya termasiga birinchi o‘rinni berib qo‘yishdi. Aslini olganda, ikki jamoa ham birinchi o‘ringa munosib edi. “Banklar yurti“ sanalmish Shveysariya ham saralash doirasida biron marta mag‘lubiyatga uchramagan. Ularning hisobida 5 g‘alaba va 3 durang mavjud. “Skuadra Adzurra“ esa 4 g‘alaba va 4 durang qayd etgan holda, raqibidan 2 ochkoga ortda qoldi. Biroq baribir nom va tarkibdagi futbolchilar evaziga italyanlarga ko‘proq achinish mumkin. Ayniqsa, “Oltin To‘p“ga da’vogar bo‘lib turgan Jorjinyo uchun alam juda qiladigan holat. Ammo hali umid so‘ngani yo‘q. Chunki Roberto Manchini shogirdlari endi pley-offda omadlarini sinab ko‘rishadi. Agar Italiya o‘tish o‘yinidagi 2 o‘yinda g‘alaba qozona olsa, Qatarga chiptalarini tayyorlab qo‘yaversa ham bo‘laveradi.

Portugaliya

Ronaldusi bor jamoa hozir o‘zining eng yuqori cho‘qqisida bo‘lishi kerak edi. Har chiziqda yulduzlarni jamlagan ushbu terma negadir hal qiluvchi o‘yinda, yana o‘z uyida Serbiyaga qarshi himoyaviy o‘yin qilmoqchi bo‘ldi. Futbolda har doim ham “avtobus qo‘yish“ to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Ayniqsa, sening qo‘l ostingda Krishtianu Ronaldu kabi futbolchi bo‘lsa, bu tanlovni umuman xato desa ham bo‘ladi. Aynan shu o‘yindagi mag‘lubiyat sabab “Evropa Braziliyasi“ ortiqcha 2 o‘yin (ilk bahsdayoq mag‘lubiyatga uchramasa) o‘tkazishga majbur bo‘lmoqda. Tan olaylik, agar Portugaliya JCHdan quruq qoladigan bo‘lsa, bu tarix zarvaraqlaridan joy olishi shubhasiz. Chunki katta ehtimol bilan bu musobaqa CriRo uchun terma jamoadagi so‘nggi Mundial va bu imkoniyat ham qo‘ldan chiqadigan bo‘lsa, bu hech shubhasiz unutilmas bo‘lib qoladi.

Urugvay

Oxirgi paytlarda millionlar o‘yinidagi eng nufuzli turnirda munosib ishtirok etib kelayotgan Urugvay MTJ bu safar katta musobaqadan qolib ketishi mumkin. Oskar Tabares shogirdlari 14ta o‘yinda 16 ochko jamg‘argan holda, turnir jadvalining 7-pog‘onasini band etib turishibdi. Ko‘rinib turibdiki, jamoa hozir juda og‘ir ahvolda. So‘nggi 5 o‘yinda “la celeste“ atigi 1 ochko to‘plagan, xolos. 11ta gol o‘tkazib yuborib, 1ta gol ura olgan. Biz bu yurt vakillarini doim kurashuvchan va hech bir raqibdan qo‘rqmaydigan jamoalardan deb bilganmiz. Janubiy Amerika mintaqasida Urugvay gegemonlikka da’vo qilib kelgan. Ammo bu safargi saralash o‘yinlarida ular asosiy raqiblari sanalmish Braziliya va Argentina bilan kechgan uchrashuvlarda hech qanday qarshilik ko‘rsata olishmadi. Braziliya bilan 2 o‘yin natijasiga ko‘ra 1:6 (1:4, 0:2), Argentina bilan esa 0:4 (0:1, 0:3) hisobi qayd etildi. To‘g‘ri, oldinda yana 4 o‘yin bor. Hali bemalol muammolarni hal etsa bo‘ladi. Lekin Suares va Kavanisi bor terma shu ketishda davom etsa, Qatarda yana bir kuchli jamoani ko‘rmasligimiz ehtimoli mavjud.

Polsha

Portugaliyada Ronaldu qanchalik qadrli hisoblansa, Polshada Levandovski CR7dan ko‘ra muhimroq deb aytishimiz mumkin. Sababi, “besh qalqonli jamoa“ safida yana boshqa yulduzlar borligini ko‘rish mumkin. Biroq polyak diyorida Robertdek yorqin charaqlab turgan futbolchilarni topish qiyin masala. O‘tgan yili Leva myunxenliklar safida nimalar qilib tashlagani hammamizning yodimizda. Gollar ketidan gollar, rekordlar ketidan rekordlarni qalashtirib tashladi bu Levangolski. Mana shunday buyuk futbolchini kim Qatarda ko‘rishni istamaydi deysiz. Ha, Polsha futbolida RL9 hamon asosiy shaxs bo‘lib turibdi. Shunga qaramay, boshqalar ham nom e’tibori bilan og‘irroq tosh bosa oladi. Masalan, darvozabon Shensniy, yarimhimoyadagi Zelinskiy, hujumdagi Milik. Shuningdek, Kamil Glik, Yan Bednarek, Kshishtof Pyontek va Gjegoj Krixovyak singari o‘yinchilar ham xalqaro maydonda ancha tajriba to‘plab qo‘yishgan.


Hali yuqorida nomlari keltirilgan jamoalarning hammasida imkon saqlanib qolgan. Qatardan hali butkul umid uzilgani yo‘q ular uchun. Lekin ularsiz Jahon Chempionatini tasavvur qilish ancha qiyin. Axir bu termalar, ular safidagi yulduzlar eng yuqori darajalarga loyiq sportchilar hisoblanadi. Har holda, biz uchun shunday.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:59, 18.11.2021.
O'qildi: 12638 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.