"Arsenal" o‘zining 30 yoshli fransiyalik hujumchisi Aleksandr Lyakazett bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida, deya xabar bermoqda "The Athletic" nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "kanonirlar" Lyakazett bilan mavsum yakunida nihoyasiga yetadigan shartnomani uzaytirish bo‘yicha yaqin orada muzokaralarni boshlamoqchi. Klub uning jamoadagi harakatlaridan mamnun, deyiladi xabarda.
Avvalroq, "Atletiko" fransiyalik vinger bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolash niyati borligi ma’lum qilingandi.
Joriy mavsum Aleksandr "Arsenal"ning 9 o‘yinida maydonga tushib, 3 gol urdi va 1 golli uzatmani amalga oshirdi.