Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Xavi g‘alaba orqali tarixiy an’anani davom ettirdi

Xavi g‘alaba orqali tarixiy an’anani davom ettirdi

Baho:
+ | -

Xavi Ernandes “Barselona” bosh murabbiyi lavozimini egallaganidan so‘ng darhol Kataloniya klubi an’analarini davom ettirdi. Ispaniyalik mutaxassis o‘zining debyut uchrashuvida “Espanyol”ga qarshi Kataloniya derbisida g‘alaba qozondi. 

Shu tariqa, yangi murabbiylar shtabi qariyb besh yildan beri davom etayotgan seriyani davom ettirishga muvaffaq bo‘ldi – “ko‘k anorranglilar” “Kamp Nou”dagi asosiy raqibi ustidan ketma-ket 14 uchrashuvda g‘alaba qozonishdi. Qolaversa, ushbu uchrashuvlarning 11 tasida “Barselona” o‘z darvozasi dahlsizligini saqlagan.

Qo‘lga kiritgan uch ochko Xavi shogirdlariga turnir jadvalidagi o‘rnini biroz yaxshilashga va Ispaniya chempionati peshqadamiga yaqinlashib, oltinchi pog‘onaga ko‘tarilishlariga yordam berdi.

Kiritildi: 21:48, 21.11.2021.
O'qildi: 3314 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик