«Bavariya» rahbariyati jamoaning emlanmagan futbolchilariga karantin davrida maoshlarining bir qismini to‘lamaslik qarori haqida ma’lum qildi, deb xabar beradi Sport1 Bild nashriga tayanib.
Manbaga ko‘ra, karantindagi hujumchi Erik-Maksim Chupo-Moting, yarim himoyachilar Mikael Kuizans, Serj Gnabri, Jamal Musiala, Josua Kimmixlar allaqachon ikki marta o‘zini-o‘zi izolyasiya qilishgan, klub rahbariyati bilan uchrashuvga chaqirilgan.
Qayd etilishicha, myunxenlik futbolchilar bu qarorni hayrat bilan qarshi olishgan.