Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

O‘zbekiston chempioni, ganalik legioner Fuseina Mumuni bilan suhbat

O‘zbekiston chempioni, ganalik legioner Fuseina Mumuni bilan suhbat

Baho:
+ | -

Ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasida mavsum nihoyasiga yetdi. Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi 22 uchrashuvning 19 tasida g‘alaba, bittasida durang va ikkita mag‘lubiyat bilan 58 ochko to‘plagan holda muddatidan bir tur oldin chempionlikni qo‘lga kiritdi. Raqiblar darvozasiga urgan gollari yuztadan oshdi (106-16), jamoaning mohir hujumchisi Diyora Xabibullayeva 32ta goli bilan chempionat to‘purarlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.

Jamoaning yutuqlarida tarkibga jalb etilgan legionerlarning ham hissasi katta bo‘ldi. Ayniqsa, ganalik Fuseina Mumuni murabbiylari va jamoadosh dugonalari mehrini qozondi, muxlislarning olqishiga sazovor bo‘ldi. Mumunining chempionat davomida urgan gollari Diyoradan bor-yo‘g‘i bittaga kam bo‘ldi. 22 ta uchrashuvning bittasida “xet-trik” qayd etgan bo‘lsada, ikkita o‘yinda raqiblar darvozasini besh martadan ishg‘ol etib, to‘purarlik qobiliyatini namoyish etdi. “Bunyodkor” va “So‘g‘diyona” jamoalarining O‘zbekiston kubogi finali uchrashuvi oldidan Fuseina Mumunini suhbatga tortdik.

- Mumuni, avvalo o‘zingizni tanishtirsangiz.

- Afrikaning Gana davlati Shimoliy hududida tug‘ilganman. Oilada uch nafar akam va bir singlim istiqomat qilamiz. Otamiz shifokor, onamiz uy bekasi.  

- To‘p tepishni necha yoshdan boshlagansiz, futbol maktablariga qatnaganmisiz?

- Yetti yoshimdan futbolga mehr qo‘ydim. Amerikalik kichik Lloyd Polite va braziliyalik Marta Viyera da Silvaga havasim keldi, ularga o‘xshashni orzu qildim. Shu maqsadda Ganadagi “Orzular sari” deya nomlangan futbol akademiyasiga qatnay boshladim. To‘p bilan harakatlarimni ko‘rgan jamoadoshlarim menga Didi Dramani laqabini berishgan.

- Professional futbolga kirib kelishingiz qanday kechgan?

- Bolalar futbol akademiyasidan “Manchester Siti” professional klubi akademiyasiga taklif etishdi. 2016 yil, ya’ni 15 yoshimgacha shu klub sharafini himoya qildim. Ikki yil mobaynida “Peari Pia” klubi a’zosi bo‘ldim. Keyin Iordaniyaning “Amman” klubiga taklif etishdi va bu yerda ham ikki yil to‘p surdim. Iordaniya chempionatida jamoamiz kumush medalni qo‘lga kiritdi, men to‘purarlar bahsida ikkinchi bo‘ldim. 2021 yilgi mavsumni, ko‘rib turganingizdek, O‘zbekistonda – “So‘g‘diyona” jamoasida o‘tkazyapman.

- Ma’lumotlarga ko‘ra siz Gana mamlakatining ayollar futboli bo‘yicha turli  termalarida faoliyat yuritgansiz.

- Huddi shunday. “Manchester Siti”daligimda klubimiz bilan o‘smirlar terma jamoasi o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi. Shu o‘yindagi xatti-harakatlarim evaziga ayollar futboli bo‘yicha mamlakat o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Evans Ogyustin Adoti e’tiboriga tushdim. 2016 yili Kosta Rikada o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida terma jamoa ro‘yxatida 21-bo‘lib a’zolikka qabul qilindim. Eng yosh futbolchi sifatida rekord o‘rnatdim. Keyinchalik 18 va 20 yoshlilar o‘rtasidagi Iordaniya va Urugvay mamlakatlarida o‘tkazilgan jahon chempionatlarida ham qatnashganman, gollar urganman.

-  O‘zbekistonga safaringiz qanday   amalga oshgan?

- Yurtingizga kelishimning sababi – orzularimning amalga oshayotgan bir qismi. Maqsadim esa kuchli chempionatning kuchli klubida tajriba almashish, yetuk professional futbolchi bo‘lib shakllanish va albatta, o‘z mamlakatim termasidan muqim joy olish. Meni bu yerga bosh murabbiy Sherali Boboqulovning agentlari taklif etishdi. Obdan tanishganimdan so‘ng, bu klubda o‘z ishining professionallari ishlayotgani, chempionat qiziqarli o‘tishi, unda besh-oltita kuchli klublar yagona maqsad sari kurashishi va albatta, Jizzaxdagi sharoitlar ko‘ngildagidek ekanligidan xabar topdim. Shartnoma shartlari ham qoniqtirdi.      

- Chempionlik bilan tabriklayman. Oldinda Kubok finali. “Dubl” qayd etishga ishonasizmi?

- Tabrik uchun rahmat. “So‘g‘diyona” bu mavsumda nimalarga qodir ekanligini isbotlay oldik. Nasib qilsa, Kubokni ham Jizzaxga olib ketamiz, klubimiz muassisi – viloyat hokimiyati va uning hokimini, bosh homiylarimiz “Silver leafe” hamda “John Deere” kompaniyalarining bizga bo‘lgan ishonchini oqlashga harakat qilamiz.

- Yurtimiz borasidagi eng yorqin taassurotlaringiz.

- Birinchidan, o‘z iste’dodimni butun dunyoga tanitishning eng ma’qul yo‘li shu edi va buning uchun barcha sharoitlarni yaratib berilgani, ikkinchidan esa meni o‘z singillari qatorida qabul qilganlari, mehr ko‘rsatganlari bo‘ldi. Osh, Jizzax somsasi, juda ko‘pchilikka dasturxon yozib to‘y qilishlari... butunlay boshqacha olam.

- Faoliyatingizni O‘zbekistonda davom ettirasizmi? Kelgusi rejalaringiz qanday?

- Ayni paytda bor e’tibor Kubok finaliga qaratilgan. Keyingi taqdirim aynan shu o‘yindan keyin ma’lum bo‘ladi. Chunki klub bilan imzolangan bir yillik shartnomam muddati tugaydi. Uchrashuvdan bir-ikki kun o‘tib yurtimga qaytaman. Meni xursand qilgani O‘zbekistonda “So‘g‘diyona”dan boshqa jamoalardan ham takliflar tushgani bo‘ldi. Agar “So‘g‘diyona”  klub rahbarlari menga yana ishonch bildirishsa, taklif etishsa, albatta  yana Jizzaxga qaytaman.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:30, 22.11.2021.
O'qildi: 3133 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.