Kirish Ro'yxatdan o'tish

Zidan va PSJ o‘rtasidagi shartnoma tafsilotlari ma’lum. Murabbiy Parij klubiga shart qo‘ydi

Zidan va PSJ o‘rtasidagi shartnoma tafsilotlari ma’lum. Murabbiy Parij klubiga shart qo‘ydi

Baho:
+ | -

Bugun, 25 noyabr kuni OAV Zinedin Zidan va PSJ rahbariyati o‘rtasidagi muzokaralar tafsilotlari haqida xabar tarqatdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar keyingi mavsumdan hamkorlik qilish borasida amalda kelishib olgan.

Ammo fransuz mutaxassisini xavotirga solayotgan yana bir jihat hal etilmagani malum bo‘ldi. Gap shundaki, Zidan Parijda erkin harakat qilishni va sport direktori Leonardoga bo‘ysunmaslikni xohlaydi, deb ishontirmoqda “Foot Mercato” nashri.

Aytgancha, aynan mana shu fakt jamoaning amaldagi ustozi Maurisio Pochettinoning noroziligiga sabab bo‘ldi. Shu tariqa, PSJ ish bilan bog‘liq barcha tafsilotlarni nihoyat hal qilish uchun “Real”ning sobiq murabbiyi shartlarini qabul qilishga majbur.

Kiritildi: 21:33, 25.11.2021.
O'qildi: 18132 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик