Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

OKMK sport majmuasi maydoni kelasi mavsum to‘liq yangilanadi

OKMK sport majmuasi maydoni kelasi mavsum to‘liq yangilanadi

Baho:
+ | -

AGMK klubi rahbariyati OKMK sport majmuasining maydonini yangilash bo‘yicha tegishli mutaxassislar bilan ish olib bormoqda.

AGMK — «Nasaf» uchrashuvini teleekran orqali tomosha qilgan ko‘plab tomoshabinlarda OKMK sport majmuasi maydoni holati yoqmagani, xususan chim sarg‘ayib qolgani ko‘plab e’tirozlarni uyg‘otdi.

Klub rahbariyati futbolga ixtisoslashgan saytlardagi muxlislar fikrini o‘qib, maydon holati haqidagi turli munosabatlarni to‘g‘ri qabul qildi. Rahbariyat asl holatni esa muxlislarga tushuntirishni lozim topdi.

Birinchidan, bugunoq kelasi mavsum uchun OKMK sport majmuasi maydonini to‘liq yangilash borasida tegishli mutaxassislarni Olmaliqqa jalb qilib, muzokaralar o‘tkazildi.

OKMK sport majmuasining hozirgi maydoni 2013 yilda yotqizilgan va hozirgacha O‘zbekistondagi yagona gibrid maydon hisoblanadi. Bugunga kunga qadar ushbu maydon O‘zbekistondagi eng yaxshi maydonlardan biri bo‘lgan va jamoaga 9 mavsum optimal holatda xizmat qildi. AGMK jamoasi maydoni mavsum startidan toki kuzgi mavsumga qadar doim optimal holatda bo‘lgan. Ya’ni martdan sentyabrga qadar optimal sharoitdagi maydon chimi yam-yashil holatda bo‘lgan. Biroq oxirgi mavsumda kuzgi faslga kelib Olmaliqdagi iqlim ta’sirida maydon chimi ajriq aralash sarg‘ayib qolgan. Bu jihat esa albatta yangi mavsumda to‘liq to‘g‘rilanishi ko‘zda tutilgan. Lekin shuni aytish kerakki, garchi maydon chimi ranggi sarg‘ayib qolgan bo‘lsada, bu jihat maydon sifatiga putur yetkazmagan. Shu paytga qadar hech bir jamoa vakillari yoki murabbiylar Olmaliqdagi maydon bo‘yicha e’tiroz yoki shikoyat qilmagani ham bunga tasdiq bo‘lib turibdi.

Kelasi mavsumdan e’tiboran maydon chimi butkul yangilanib, OKMK sport majmuasida yurtimizdagi yagona bo‘lgan yana yangi gibrid maydon yotqiziladi.

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 18:20, 26.11.2021.
O'qildi: 2133 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.