Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Superliga. “Navbahor” – “Qo‘qon-1912” o‘yiniga kirish bepul!

Superliga. “Navbahor” – “Qo‘qon-1912” o‘yiniga kirish bepul!

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bugun sevimli jamoamiz “Navbahor” Superliganing 26-turidan o‘rin olgan bahsda “Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Ta’kidlash joizki, mazkur uchrashuv joriy mavsum Namangandagi “Markaziy” stadionida o‘tadigan so‘nggi rasmiy o‘yin bo‘lganligi sababli, Coca-Cola Superliganing tantanali yopilish marosimi ham bo‘lib o‘tadi.

Yodingizda bo‘lsa, “Navbahor” PFK rahbariyati o‘tgan yili O‘zbekiston kubogi doirasidagi “Nasaf” bilan o‘yinga muxlislarning tekinga kirishiga imkoniyat yaratib bergandi. Ushbu ezgu an’ana davom etadigan bo‘ldi: shaxsan Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti

Shavkat Shokirjanovich Abdurazzaqovning tashabbusi bilan joriy mavsum “lochinlar”ni faol qo‘llab-quvvatlagan fidoyi muxlislar va jamoamiz o‘yiniga befarq bo‘lmagan barchaga mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda yakunlashlari uchun ajoyib sovg‘a tayyorlandi – ishqibozlarga “Navbahor” – “Qo‘qon-1912” o‘yinini bepul tomosha qilish imkoniyati taqdim etildi. Ushbu uchrashuv vodiy derbisi maqomiga ega ekanligini ham inobatga olsak, bu Qo‘qondan tashrif buyuradigan mehmon muxlislarni ham quvontirishi shubhasiz.

Shu munosabat bilan, barchangizni 2021 yilgi mavsumning “Navbahor” ishtirokidagi so‘nggi rasmiy uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatish, sevimli jamoamizni faol qo‘llab-quvvatlash uchun “Markaziy”ga taklif etamiz!

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 05:45, 27.11.2021.
O'qildi: 1130 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик