Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Superliga. «Metallurg» – «Qizilqum». Prevyu

Superliga. «Metallurg» – «Qizilqum». Prevyu

Baho:
+ | -

“Metallurg” Navoiyning  “Qizilqum” jamoasi bilan shu kungacha O‘zbekiston chempionatlarida 43 bor kuch sinashgan. Mazkur o‘yinlarning 14 tasi “Metallurg” g‘alaba qozongan. 11 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. 18 ta o‘yinda esa “Qizilqum” jamoasining qo‘li baland kelgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi 59:54, vohaliklar foydasiga.

“Metallurg”ning bu raqibi ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi 4:1 (2006, 2019) ni tashkil etadi. “Qizilqum” esa bitta uchrashuvda bekobodliklar darvozasiga javobsiz beshta to‘p (0:5, 2006) yo‘llagan.

Ushbu jamoalarning shu yil Bekobodda bo‘lib o‘tgan bahsida Hamid Axtyamov shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgandi. Bevosita Navoiyda o‘tkazilgan kechgan o‘yinlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, unda mezbonlar katta ustunlikka ega: 12 ta g‘alaba, 6 ta durang, 3 ta mag‘lubiyat, to‘plar nisbati – 32:15.

Quyida mazkur jamoalarning Navoiy shahrida bo‘lib o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuvida qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

24.11.2020. “Qizilqum” – “Metallurg” – 1:0
29.10.2019. “Qizilqum” – “Metallurg” – 1:1
05.05.2018. “Qizilqum” – “Metallurg” – 1:2
19.11.2017. “Qizilqum” – “Metallurg” – 2:1
28.05.2016. “Qizilqum” – “Metallurg” – 1:1

“Qizilqum” haqida

Navoiyning "Qizilqum" jamoasiga 1967 yilda asos solingan. Dastavval jamoa Zarafshon shahrida “Progress” nomi bilan tashkil etilgandi. Mamlakat mustaqilligiga qadar jamoa viloyat, respublika birinchiligi hamda sobiq Ittifoq chempionati ikkinchi ligasida o‘ynagan. 1992 yilda O‘zbekiston birinchiligida qatnashib kelgan jamoa 1999 yili quyi ligada 3-o‘rinni egalladi va oliy ligaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 1994 yildan “Qizilqum” nomi bilan yuritib kelinayotgan jamoa oliy ligadagi uchinchi mavsumida eng yuqori natijasini qayd etdi, ya’ni bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Bugungacha navoiyliklar kuchlilar safida 633 ta uchrashuv o‘tkazib, shulardan 222 tasida g‘alaba qozongan, 141 o‘yinda durangga erishgan, 270 o‘yinda esa imkoniyatni boy bergan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 767:908.

“Qizilqum” jamoasining oliy ligadagi eng yirik g‘alabasi – 7:0 (2003 yil, “Guliston”), eng yirik mag‘lubiyati – 0:11 (2007 yil, “Paxtakor”) tashkil etadi.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 07:44, 27.11.2021.
O'qildi: 1068 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.