Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Baxtiyor Ashurmatov: “Navbahor” va uning muxlislari qalbimda chuqur iz qoldirgan”

Baxtiyor Ashurmatov: “Navbahor” va uning muxlislari qalbimda chuqur iz qoldirgan”

Baho:
+ | -

Superliganing 26-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- O‘yindan avval ham “Navbahor” bilan o‘yin derbi maqomiga ega bo‘lganligi sababli, qaysi jamoa yutishidan qat’iy nazar, jangovar o‘yin bo‘lishi, futbolchilar oxirigacha kurashishini aytgandim. Gaplarim o‘z isbotini topdi. Ikkala jamoa ham o‘yin so‘ngigacha chiroyli futbol namoyish etishdi. Yigitlar aytgan ko‘rsatmalarimni to‘g‘ri bajarishdi va o‘ylaymanki, bugun haqqoniy g‘alabaga erishdik. “Navbahor” futbolchilariga ham minnatdorchilik bildirmoqchiman. Chunki ular 1:3 hisobida yutqazayotganda ham muxlislari uchun astoydil kurashishdi, ishqibozlar ham chiroyli futbol guvohiga aylanishgani sababli oxirigacha jamoalarni qo‘llab-quvvatlashdi. Jamoamiz nomidan ularga minnatdorchilik bildiraman, doimo sog‘-salomat bo‘lishsin. Va albatta, Qo‘qondan uzoq yo‘l bosib kelib, bizga ishonishgani uchun katta rahmat. O‘ylaymanki, keyingi mavsum “Navbahor” ham, “Qo‘qon-1912” ham o‘z oldiga yanada yuqoriroq vazifalarni qo‘yadi, har ikki jamoa muxlislari jamoalari yuqori o‘rinlarni egallashiga munosib, - deydi Baxtiyor Ashurmatov.

- Jamoangiz birinchi davrada “Navbahor”ga yutqazib qo‘yishgani sababli ham, bugun futbolchilar o‘zgacha ishtiyoq bilan to‘p surishdimi?

- Gapning ochig‘i, bugungi o‘yin shaxsan men uchun his-hayajonga boy o‘yin edi. Chunki bundan avval “Navbahor”da ishlaganman, bu jamoa va uning muxlislari, o‘sha ishlagan yillarim qalbimda chuqur iz qoldirgan. “Navbahor” muxlislariga nisbatan mehrim balandligini hech qachon yashirmaganman. Shu sababli, bugungi uchrashuv men uchun prinsipial ahamiyatga ega edi. Birinchi davrada boy berilgan o‘yin uchun revansh olishga intildik, Xudoga shukr, muxlislarimiz va rahbarlarimiz oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ldi. O‘yin oxirida bo‘lgan vaziyat uchun “Navbahor” muxlislaridan uzr so‘rayman. Futbolchimizga ham tanbeh berdik, yoshlik qilib biroz provokasion harakat qilib qo‘ydi. O‘ylaymanki, keyingi o‘yinlarda jamoamiz tomonidan bunday harakatlar qilinmaydi. Qo‘qon va Namangan jamoalari, muxlislari hurmatga munosib, shu bois, keyingi o‘yinlar bundanda chiroyli o‘tadi, deb o‘ylayman.

- “Qo‘qon-1912”ning joriy mavsumdagi natijasi bo‘yicha fikringiz qanday?

- Natijadan qoniqmaganligimiz aniq, chunki bu mavsum vodiy futboli uchun muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Biz ham, “Navbahor” ham katta niyatlar bilan mavsumni boshlagandik, lekin afsuski, o‘z maydonimizda juda ko‘p ochko yo‘qotishimiz sababli yuqori o‘rinlarni egallay olmadik. Mavsumni biz uchun qoniqarsiz deb aytish mumkin. Afsuski, “Turon” va “Andijon” jamoalari Superligani tark etishdi. Menimcha, vodiy jamoalari ham yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan darajaga chiqsa, bundan chempionatimiz saviyasi yanada oshadi. Zero, vodiylik muxlislar futbolni juda yaxshi ko‘rishadi.

Manba: Навбаҳор клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 19:30, 27.11.2021.
O'qildi: 1544 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.