Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Luisma Ernandes: «O‘zbekiston kubogi finalida «Nasaf» «Paxtakor»ga jang taklif qilsa kerak»

Luisma Ernandes: «O‘zbekiston kubogi finalida «Nasaf» «Paxtakor»ga jang taklif qilsa kerak»

Baho:
+ | -

Superliganing 26-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Metallurg" (2:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Jamoamizni ko‘proq ruhiy tarafdan tayyorlash lozim edi. Oxirgi turda hammasi o‘zimizga bog‘liq ekanligini tushuntirdik. Jarohatlanganlar ko‘pligiga qaramasdan, mavjud futbolchilar borlarini berib harakat qilishdi. Ruhiy tayyorgarligimiz yaxshiligi hisobiga g‘alaba qozondik.

— Uchrashuvga tayyorgarlik jarayonida ko‘proq nimalarga ahamiyat berilgan?
— Bu jamoani juda qiyin holatda qabul qilib oldim, lekin shunga qaramasdan, yigitlar bilan astoydil mehnat qildik. Asosiy e’tiborni o‘z jamoamiz o‘yiniga qaratdik va jipslashgan holda harakat qildik.

— O‘yinni kuzatish davomida butun-diqqat e’tiboringiz shu o‘yinga qaratilganmidi yoki "Surxon" – "Mash’al" bahsi haqida o‘yladingizmi?
— To‘g‘risini aytsam, u o‘yinga umuman e’tibor bermadim. Diqqat-e’tiborimizni faqat o‘zimizning o‘yinimizga qaratdik, buni yigitlarga ham aytgandim.

— O‘zbekiston kubogi yarim final uchrashuvlarini kuzatib bordingizmi?
— Ha.

— Kubok finali favoriti qaysi jamoa deb o‘ylaysiz?
— Qiziq o‘yin bo‘ladi. Mavsumning yakuniy o‘yin bo‘lgani uchun ikki jamoa ham borini berib harakatlanadi. Qog‘ozda "Paxtakor" – favorit, lekin "Nasaf" jang taklif qiladi.

— Ispaniya va O‘zbekiston futbolida o‘xshash jihatlar bormi?
— Hozircha haqiqiy ispan futboli qanaqa bo‘lishini muxlislarga ko‘rsatganimiz yo‘q. Umid qilamanki, keyinchalik ispan futboli qanday bo‘lishini "Metallurg" bilan namoyish etamiz. Albatta, o‘xshash jihatlar bor. Biroq hozir bizga natija muhimligi uchun shunga mos uslubdan foydalandik. Futbol o‘ziga ishongan, mard va jasur insonlar o‘yini.

Fursatdan foydalanib, "Metallurg" rahbariyatiga, muxlislariga va jamoa xodimlariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

— "Metallurg"ni Ispaniyaning qaysi jamoasiga qiyoslash mumkin?
— Hozircha "Atletiko Madrid" (kuladi). Chunki asosiy urg‘u natijaga qaratdik va shunga mos uslubda o‘ynadik. Biroq keyingi mavsumdan boshqa jamoalarga o‘xshasak kerak...

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 21:24, 27.11.2021.
O'qildi: 1973 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.