Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

E’tirof: mashhurlar Byelsa haqida nimalar deydi?

E’tirof: mashhurlar Byelsa haqida nimalar deydi?

Baho:
+ | -

Marselo Byelsa nomi barchaga yaxshi tanish. U taktik jihatdan dunyoning eng yaxshi murabbiyi sifatida ye’tirof etilib kelinadi. Argentinalik mutaxassis "Lids" klubini 16 yillik tanaffusdan keyin APLga olib chiqdi. U bu bilan nima uchun Angliyada ishlayotganini isbotlab bera oldi. Byelsa jamoasi ALLning birinchi mavsumini turnir jadvalining birinchi qismida yakunladi. Bu mavsumda ham yomon harakat qilmayapti. To‘g‘ri, u hozirgi zamon murabbiylari kabi shonli faoliyatga ega emas. Chunki Marselo 25 yoshidayoq futbolchilikni yakunlab, murabbiylikni tanlagan edi. Uning dastlabki jamoasi o‘z yurtining "Nyuells Old Boyz" klubi bo‘ladi.

Hozirda "PSJ"da faoliyat yuritayotgan Maurisio Pochettino Byelsaga yuqori baho bergan. "Manchester Siti" ustozi Pep esa, uni "dunyodagi eng yaxshi murabbiy" deb ta’riflagan. Quyida sizning e’tiboringizga Marselo Byelsa bilan ishlagan mashhur futbolchilarning u haqidagi fikrlarini taqdim etamiz.

 

"Men uning jamoasiga qo‘shilganimda juda semiz edim. Negaki, alfaxores(milliy taom)ni ko‘p tanavvul qilardim. Birinchi undan o‘rgangan narsam, to‘g‘ri ovqatlanish bo‘ldi. U meni yomg‘ir ostida shug‘ullanishga majbur qilardi. Men o‘shanda undan bu ishi uchun nafratlanganman. Biz o‘zimizcha katta orzular qilar edik. Oramizdagi eng katta orzu egasi Byelsa edi. U Arrigo Sakki murabbiy kabi bo‘lishni orzu qilgan. Bizni esa biz bo‘lishimizni xohlagan. U bizni, bir guruh ko‘cha bolalarini qahramonga aylanishimizni istardi".

Gabriel Batistuta – sobiq futbolchi

"Uning gaplari maydondagi savollarimga javob topishga yordam bergan. Hammasi u bergan uyga vazifalarda mujassam edi. Men barcha do‘stlarimga hech bo‘lmasa bir foizgina u kabi tajribaga ega bo‘lishini tilayman".

Maurisio Pochettino – "PSJ" klubi bosh murabbiyi

"Meni men bo‘lishimga ko‘plab murabbiylar ta’sir ko‘rsatgan: Byelsa, Eriksson, Basile. Bu nomlarni yana davom ettirish mumkin. Ularning baridan nimadir olganman. Ammo ularning ichida Byelsa menga ko‘p narsa o‘rgatgan".

Diyego Simeone – "Atletiko" klubi bosh murabbiyi

"Men undan ko‘p narsa uqdim. Hozir u sabab men Aleksis Sanchesman. Byelsaning bir jihati doimo yodimda qolgan: u o‘z o‘yinchilarini o‘zligini saqlashga o‘rgatar edi".

Aleksis Sanches – "Inter" futbolchisi

"Men "Bilbao" klubiga endi kelgan paytlarimda hakamlar bilan ko‘p tortishardim. O‘shanda Byelsa menga shunday degan: "Boshqa hakamlar bilan bahslashma, chunki ular futbolchilarni o‘ldirmaydi, aksincha ularga yordam beradi". Mana shu narsa undan o‘rgangan darsim edi. Uning jamoasida o‘ynash men uchun katta sharaf. U menga doimo imkon berib kelgan. Uning yana bir gapi hech esimdan chiqmaydi. U buni butun jamoaga qayta-qayta takrorlar edi: "Agar birinchi golni urib olsak, ikkinchisi uchun ham shu zahoti harakat qilish kerak. Vaqtni bekor sarflash yaramaydi. Hakamlar bilan tortishmang. Hatto, u sizning ziyoningizga qaror chiqarsa ham. Faqat yugurishda, jang qilishda davom eting. Unutmang, birinchi golni saqlab qolishning eng yaxshi yo‘li, bu ikkinchisini urib olishdir!". U chinakam daho edi".

Ander Errera – "PSJ" klubi futbolchisi

"U meni futbol haqida videolar ko‘rishga majbur qilardi. Video boshidan boshlab yonimda turardi. Men esa video qarshisida uyquga cho‘mib qolardim. Ammo u bundan xursanddek edi. Men esa hayratga tushardim. Men uyg‘onib o‘zimga yana videoni ko‘rish kerak ekanini uqtirar edim. Shunda u menga uyqu bilan kurashish kerak ekanini, bo‘lmasa maydonda ham bundan battar ahvolga tushishim mumkinligini aytdi. Marselo juda ham mehribon edi. Men u bilan ishlaganimdan baxtliman".

Benjamin Mendi – "Man. Siti" futbolchisi

"Men o‘zimga unchalik ham ishonmas edim. U menga ishonch qanday bo‘lishini o‘rgatdi. Byelsa bizni har bir o‘yin uchun 100 foiz tayyor bo‘lishimizni xohlaydi. U butun jamoani o‘z o‘yinimizni qaytadan ko‘rib chiqishga majbur qilardi. Keyin esa, qayerda xato qilganimizni, qayerda yaxshi o‘ynaganimizni so‘raydi. Men yarim himoyada o‘zimni yaxshi his qilaman. Ammo Byelsa mendan ko‘ra, men qayerda jamoaga foydam tegishini yaxshi biladi. Menimcha, uning qo‘lida haqiqiy futbolchi sifatida yetildim. Uni bizga bergan saboqlari har doim faqat o‘z foydamizga xizmat qiladi. Byelsa ajoyib murabbiy".

Kalvin Fillips – "Lids" futbolchisi

 

 

 

Jaloliddin ISMATOV

Manba: futaa.com
Kiritildi: 17:34, 30.11.2021.
O'qildi: 2563 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.