Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 23:45 Kalyari - Fiorentina
24/05 23:45 Jenoa - Bolonya
25/05 00:00 Jirona - Granada

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Tashrif avvalida viloyat hokimi Farhod Ermanov ishtirokida uchrashuv tashkil etilib, viloyatda futbol ommaviyligini oshirish va bolalar-o‘smirlar futbolini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelajakdagi istiqbolli loyihalar muhokama etildi. Shuningdek, Xorazmlik futbol muxlislarining qiziqishlari va futbolga bo‘lgan mehrini inobatga olib, “Xorazm” klubida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Bunda klubning o‘z bazasi va maydonlariga ega bo‘lishi, mashg‘ulotlar uchun qulay sharoitlar yaratish, klub avtobusi va kerakli barcha qulayliklarni taqdim etish, klub faoliyatini professional darajaga olib chiqish orqali yuqori natijalarga erishish mumkinligi ta’kidlandi.

Shundan keyin, O‘FA mutasaddi va mutaxassislari viloyat futbol assosiasiyasi ish faoliyati, futbol infratuzilmasi va mavjud shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdilar. Viloyat miqyosida bolalar futbolining infrastrukturasi yuzasidan fikr almashildi. Xorazmda iste’dodli yoshlar ko‘p ekanligi, ularni to‘g‘ri yo’naltirib, xalqaro standartlar asosida katta futbolga tayyorlash lozimligi, bu borada viloyatdagi futbol akademiyalarining o‘rni muhim ekanligi ta’kidlandi.

Tashrif davomida Ravshan Ermatov viloyatdagi Urganch, Yangi bozor, Gurlan, Xiva va Shovot tumanlarida bo‘lib, joylardagi stadionlar, akademiya hamda sport maktablari qurilish-rekonstruksiya loyihalari bilan yaqindan tanishdi. Qurilish davom etayotgan joylarni ko‘zdan kechirdi va o‘z tavsiyalarini berdi.

Mas’ullar bilan bo‘lgan suhbatda viloyatdagi professional futbol klublarining infrastrukturasini yaxshilash va maydonlarni standart holatga keltirish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Voyaga yetayotgan yosh futbolchilarimiz ham, avvalo, sifatli maydonlarda to‘p surishlari lozimligi alohida ta’kidlandi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 22:30, 30.11.2021.
O'qildi: 1302 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.