Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Malinovskiy «Atalanta»ning asosiy maqsadi haqida gapirdi

Malinovskiy «Atalanta»ning asosiy maqsadi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Atalanta»ning ukrainalik yarimhimoyachisi Ruslan Malinovskiy bergamoliklarning joriy mavsum A Seriyadagi maqsadlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Har bir o‘yinda g‘alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Yakunda qanday bo‘lishini birgalikda kuzatamiz. Klub hozircha Skudetto haqida o‘ylamayapti. Oldimizda juda kuchli jamoalar bor.

Yilni Chempionlar ligasi zonasida yakunlasak, bu Bergamo va «Atalanta» uchun katta yutuq bo‘lishiga ishonaman. Bu asosiy maqsadimiz bo‘lib turibdi.

A Seriya juda qiyin chempionat. Barcha jamoalar ancha yuqori saviyada harakat qilishadi. Dastlabki to‘rtta o‘rin uchun raqobat juda yuqori. Biz Chempionlar ligasi zonasi uchun kurashamiz», deydi ukrainalik futbolchi.

Kiritildi: 20:45, 01.12.2021.
O'qildi: 986 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик