"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli A Seriya 15-turidan o‘rin olgan "Jenoa"ga (3:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Yangi shartnoma imzolaganimdan so‘ng menga xabar yuborgan yagona shaxs – Zlatan. U shunday deb yozgan edi: "Tabriklayman, janob, endi ishni men bilan hal qiling!"
Bu mavsum bizga xursandchilik keltirishi mumkin, ammo biz qanchalik uzoq vaqt bunday tempda o‘yin ko‘rsatishimiz mumkinligini bilmayman. Butun o‘yin davomida intensiv va qat’iyatli harakat qildik, biz minimal hisobga qanoatlanadigan jamoa emasmiz", - dedi Pioli "Sky Sports Italia" nashriga bergan intervyusida.