Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

O‘zbekiston kubogi. O‘yinoldi rasmiy tadbirlar haqida

O‘zbekiston kubogi. O‘yinoldi rasmiy tadbirlar haqida

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 4 dekabr kuni O‘zbekiston Coca-Cola kubogi final bahsi bo‘lib o‘tadi. Unda Toshkentning “Paxtakor” va Qarshining “Nasaf” klublari o‘zaro bahs yuritadi. Uchrashuv Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida bo‘lib o‘tadi va soat 16:00da start oladi.

3 dekabr sanasida o‘yinoldi rasmiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Rasmiy mezbon sifatida “Paxtakor” futbol klubining o‘yinoldi mashg‘uloti 15:00da start oladi va uning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o‘tadi. Rasmiy mehmon jamoa sifatida “Nasaf” futbol klubining o‘yinoldi mashg‘uloti uchrashuv o‘tkaziladigan vaqtga parallel — 16:00da start oladi va uning ham dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq bo‘ladi.

Shuningdek, 3 dekabr kuni Samarqand shahridagi “Alexander” mehmonxonasida har ikki klub rasmiylari ishtirokida o‘yinoldi matbuot anjumani tashkil etiladi. Unda har ikki klub bosh murabbiylari ikki nafardan futbolchi hamrohligida ishtirok etadi. “Paxtakor” ishtirokidagi matbuot anjumani 17:00da, “Nasaf” klubi ishtirokidagi matbuot anjumani esa 17:30da bo‘lib o‘tadi.

Barcha turdagi OAV vakillarini o‘yinoldi tadbirlarni bevosita voqea joyidan yoritishga chorlaymiz. Final kuni maydondagi rasmiy hudduda bo‘lish istagidagi fotograf va operatorlarga matbuot anjumani paytida maxsus ruxsatnomalar tarqatiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 20:30, 02.12.2021.
O'qildi: 2738 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик