Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/06 00:00 Borussiya D 0-2 Real Madrid
02/06 19:00 Andijon 1-3 Paxtakor
02/06 19:30 Nasaf 3-0 Lokomotiv
02/06 21:00 Atalanta 2-3 Fiorentina

“CHelsi”, “Liverpul”, “Man Siti” va MYU. Erling Xolandni sotib olish uchun qaysi klub imkoniyati yuqori?

“CHelsi”, “Liverpul”, “Man Siti” va MYU. Erling Xolandni sotib olish uchun qaysi klub imkoniyati yuqori?

Baho:
+ | -

Erling Xoland “Borussiya D”da uzoq vaqt qolishi dargumon. Qishda qaysidir boy top-klub uni sotib olishi mumkin. Norvegiyalik futbolchiga davogarlarning aksariyati Premyer-ligada a’zolari hisoblanadi va hujumchi uchun kurashda deyarli barcha jamoaning imkoniyati bor. Xoland yaqinda qiyin tanlovga duch keladi. “Stadion.uz” nashri esa APLning norvegiyalik uchun da’vogar bo‘lgan klublari haqida to‘xtalmoqchi.

 

“Liverpul”

«Qizillar» - Premyer-ligadagi eng yaxshi hujumkor jamoalardan biri. Joriy mavsumda Yurgen Klopp shogirdlari 14 turda 43 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi - bu ligadagi eng ko‘p yuqori natijasi hisoblanadi. “Borussiya Dortmund” Bundesligada gollar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda: “Asalarilar” 13 o‘yinda 33 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Klopp jamoasi yorqin hujumkor o‘yin ko‘rsatmoqda. Shu sabab  Xolandning hujumdagi natijalari top-5 ligadagi eng yaxshilaridan biri: U 70 o‘yinda 71 ta gol urgan. Erling aynan “Liverpul”ning o‘yiniga mos futbolchi emasmi?

“Agar men “Liverpul”ning o‘rnida bo‘lganimda, uni hoziroq sotib olgan bo‘lardim. Agar u “Liverpul”ga o‘tsa, ularda “qotil” hujumchi uchta bo‘ladi. Menimcha, u jamoaga moslashishda hech qanday qiyinchilikka duch kelmaydi”, - deydi Rio Ferdinand.

Darhaqiqat, “Liverpul” kuchli bosim bilan hujumkor o‘yin ko‘rsatmoqda. Norvegiyalik esa bu uslubga mos keladi. Ushbu transfer imkoniyatidagi asosiy muammo moliyaviy holatdir. “Qizillar” “Man Siti”, PSJ yoki “Chelsi” kabi katta pul taklif qila olmaydi, Mino Rayola esa hujumchi uchun katta pul talab qilmoqda - transfer narxidan tashqari, o‘zi uchun 40 million yevro va futbolchining otasi uchun 20 million yevro.

“Albatta, men Xolandning “Liverpul”da bo‘lishini istardim, chunki u ajoyib futbolchi. Erling ajoyib formada va menimcha, u Kloppning uslubiga mos keladi. “Liverpul”da uni qo‘lga kiritish imkoniyati bor yoki yo‘qligini bilmayman, lekin agar ular buni amalga oshirsalar, bu klub uchun yoki uni qo‘lga kiritgan har qanday klub uchun ajoyib bo‘lardi!” – deb fikr bildiradi mersisaydliklar sobiq futbolchisi Yon-Arne Riise.

 

“Chelsi”

 

Tomas Tuxel shogirdlari ancha ehtiyotkor tizimda o‘ynaydi, ammo baribir londonliklar elita jamoalaridan ajralib turadi. Premyer-liga peshqadami 14 o‘yindan keyin 33 ta gol urdi. Bu “Liverpul”dan keyingi ikkinchi eng yaxshi natija.

“Biz Erling Xoland haqida transfer oynasi paytida bir necha bor gaplashganmiz. Ammo keyin bu mutlaqo noreal va amalga oshirib bo‘lmaydigan bo‘lib tuyuldi. Biz u haqida muntazam gaplashamiz, chunki u fantastik o‘yinchi va Dortmund klubi o‘yinini aniq belgilovchi shaxs. Kelgusi bir necha hafta ichida nima bo‘lishini ko‘ramiz”, - deya fikr bildiradi Tuxel.

Londonliklar moliyaviy tomondan qiyinchilikka duch kelmasligi mumkin. Maoshini deyarli ikki baravarga (yiliga 10 million yevrogacha) oshirmoqchi bo‘lgan Antonio Ryudiger bilan muvaffaqiyatsiz muzokaralardan so‘ng, klub norvegiyalik uchun ajratadigan mablag‘ni oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Hujumchi uchun “Chelsi” varianti ham yomon emas: “ko‘klar”ning o‘yinidagi ustunlik va hujumdagi karusellarga unchalik e’tibor qaratmaydigan bo‘lsak, “Chelsi” Yevropaning eng yaxshi hujumkor jamoalaridan biri, ular shunchaki Tuxelning ko‘rsatmalariga muvofiq harakat qilishadi. Bundan tashqari, Germaniya chempionatining bir nechta futbolchilari allaqachon Londonga kelishgan: Kay Xavers, Kristian Pulishich va Timo Verner.

 

“Manchester Yunayted”

“Qizil iblislar”ning Holand bilan shartnoma imzolash imkoniyati murabbiy almashganidan keyin keskin oshdi. Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostida deyarli hech kim “Manchester Yunayted”ni 21 yoshli “gol mashina”siga nomzod sifatida qabul qilmagan: o‘yinchi va murabbiy o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi bo‘lishiga qaramay (Sulsher “Molde”da Erlingga ustoz bo‘lgan), o‘yin va natijalar tufayli “Manchester Yunayted” dunyoning eng zo‘r hujumchilaridan biri uchun umuman qiziq emas edi.

Ralf Rangnik kelishi bilan vaziyat o‘zgardi. Erling aynan “Red Bull Zalsbrg” safida faoliyatini yuqori cho‘qqisiga chiqa boshlagan. Klub safida barcha musobaqalar doirasida 27 o‘yinda 29 ta gol urdi va 2019/20 yilgi mavsumning yarmida Avstriyani Dortmundga almashtirdi. Rangnik norvegiyalikka “Molde”dan “Zalsburg”ga ko‘chishida bosh-qoshlik qildi.  Ralf o‘sha paytda “Leypsig” sport direktori edi. Bundan tashqari, Rangnik futbolchining otasi Alf-Inge bilan iliq munosabatda.

“O‘ylashimcha, ko‘plab muxlislar qatori men ham Ole-Gunnar Sulsher bilan yaxshi munosabatda bo‘lgani uchun uni “Manchester Yunayted”da uzoq vaqt bo‘lishini kutgandim. Ular bir-birlarini yaxshi bilishadi, lekin negadir bu amalga oshmadi. Balki Rangnik nimanidir taklif qilishi va Xolandga o‘xshagan futbolchini olib kelishi mumkin. O‘ylaymanki, bu katta sensasiya bo‘ladi”, - dedi “Manchester Yunayted”ning sobiq bosh murabbiyi Rene Myolensten.

“Manchester Siti”

 

“Shaharliklar” Xoland uchun qiziqarli variant. Bir tomondan, yangi top-hujumchiga ega bo‘lgan klub yengilmas bo‘lib qolishi mumkin, biroq ikkinchi tomondan, norvegiyalikning Pep Gvardiola tizimiga qanday integrasiyalashuvi aniq emas. 

“Agar Xoland “Liverpul”ga o‘tsa, Saloh unchalik ko‘p gol uradi deb o‘ylamayman. Ushbu holat aql bovar qilmaydigan natija bo‘lardi, ammo menimcha, uning keyingi klubi “Manchester Siti” bo‘lishi mumkin. U “Manchester Yunayted”ga mos kelmaydi deb o‘ylamayman. Ammo, Xoland “Liverpul”ning o‘yiniga mos kelishiga ham ishonchim komil emas. Shaxsan menimcha, u “Manchester Siti”ga o‘tadi, - dedi Maykl Ouen.

“Man Siti” muxlislari Jek Grilishning kelishini ham intiqlik bilan kutgan edi, ammo hozircha 100 millionlik ingliz futbolchisi barcha turnirlarda atigi beshta gol urgan. Endilikda “shaharliklar” umuman markaziy hujumchisiz harakat qilishyapti. Pepning hujumkor ijrochilari nafis kombinasiyalarni yaratadilar.

 

Premyer-liganing eng yuqori jamolaridan tashqari, PSJ ham Xolandga da’vogarlik qilmoqda, ammo parijliklarning yagona umidi - pul. O‘yin nuqtai nazaridan, Parij klubi uzoq vaqtdan beri Chempionlar ligasini yutish uchun yig‘ilgan yulduzlar “axlatxona”siga aylangan. “Real Madrid” norvegiyalikni hujumda asosiy variant sifatida ko‘rmayapti. Klub Kilian Mbappe bilan anchadan beri muzokara olib bormoqda. Demak, biz Erlingni Premyer-ligada ko‘rishimiz mumkin.

 

Сизчи, норвегиялик ҳужумчини қаерда кўришни хоҳлайсиз?

Kiritildi: 21:43, 02.12.2021.
O'qildi: 6732 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.