Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Navbahor»ni uch nafar futbolchi tark etdi

«Navbahor»ni uch nafar futbolchi tark etdi

Baho:
+ | -1

Xabaringiz bor, joriy yilning 27 noyabr kuni yubiley, 30-milliy chempionatimiz o‘z yakuniga yetdi. Mavsumlar oralig‘idagi tanaffus paytida esa har bir jamoa tarkibida o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiy. Albatta, “Navbahor” ham bundan mustasno emas.

“Lochinlar” safini 3 nafar futbolchi, ya’ni, yarim himoyachilar – rossiyalik 28 yoshli Ivan Solovyov, 27 yoshli Quvondiq Ro‘ziyev va bolgariyalik 30 yoshli Boyan Naydenov tark etishdi.

Ta’kidlash joizki, mazkur futbolchilar “Navbahor” safini klub bilan o‘zaro ikki tomonlama kelishuv asosida tark etishdi.

O‘zining jonkuyarligi hamda ajoyib o‘yinlari bilan maydonda alohida ajralib turgan Ivan Solovyov jamoa tarkibiga 2019 yilgi mavsumda qo‘shilib, 3 yil (2019-2021 yillar) davomida “lochinlar” sharafini himoya qilib, jami 70 ta o‘yinda maydonga tushib, 5626 daqiqa harakatlangan holda, 6 ta golga mualliflik, 8 ta golga assistentlik qildi.

“Lochinlar” tarkibiga joriy mavsumda qo‘shilgan Quvondiq Ro‘ziyev esa jami 22 bahsda maydonga tushib, 1671 daqiqa harakatlandi.

Jamoa safiga shu yilgi yozgi transferda jalb etilgan bolgariyalik tajribali yarim himoyachi Boyan Naydenov esa 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 1136 daqiqa harakatlangan holda, 2 ta gol mualliflik qildi va 1 ta golga “pas” berdi.

“Navbahor” PFK mazkur futbolchilarga jamoamiz tarkibidagi yorqin o‘yinlari, gollari, assistlari va “lochinlar”ning g‘alabalariga munosib hissalarini qo‘shganliklari bois, o‘z minnatdorchiligini bildiradi hamda keyingi faoliyatlarida omad yor bo‘lishini tilab qoladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:39, 02.12.2021.
O'qildi: 2277 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.