Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

“Barsa” sobiq futbolchisi Ronalduni himoya qildi

“Barsa” sobiq futbolchisi Ronalduni himoya qildi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning “Barselona” va Londonning “Tottenxem” klublarining sobiq futbolchisi Gari Lineker kecha “Manchester Yunayted”ning “Arsenal”ga qarshi o‘yinidan keyin hujumchi Krishtianu Ronalduni himoya qildi. 

Mankunianliklar “kanonirlar”ni 3:2 hisobida mag‘lub etishdi va bu o‘yinda 36 yoshli portugaliyalik dubl qayd etdi. Bu gollar KriRo uchun faoliyatidagi 800 va 801-gollariga aylandi.

Gari ushbu voqeaga atab Tvitterda post joylashtirdi. Ushbu tvit ostiga muxlislardan biri Ronalduni “Penaldu” deb atagan va 11 metrlik masofadan ko‘p gol urganiga shama qildi.

Lineker muxlisga quyidagi so‘zlar bilan javob berdi: “Bu juda kulgili va hurmatsizlik. Ronaldu dunyodagi eng buyuk futbolchilardan biri. Krishtianu - bu fenomen”.

Portugaliyalik futbolchi APLning joriy mavsumida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi.

Kiritildi: 14:12, 03.12.2021.
O'qildi: 13035 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик