Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel hamyurti Ralf Rangnikga maslahat berishni istamayapti. Xabaringiz bor, Ralf yaqinda «Manchester Yunayted»ga bosh murabbiy etib tayinlangan edi.
«Men Rangnik lavozimiga tayinlanganidan beri u bilan gaplashmadim. Men u haqida xech narsa demayman.
Maksimal darajada tabriklayman xolos. Hech kim maslahatga muhtoj emas, ayniqsa mendan. «Chelsi» bilan ishim yetarli.
Ralfga kelsak, u shubhasiz, ushbu ajoyib ligada va katta klubda ajoyib o‘yin ko‘rsatishga qodir», - deydi nemis.