Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

Xavi “Bavariya”ga qarshi o‘yin haqida: “Biz bunga qodirmiz”

Xavi “Bavariya”ga qarshi o‘yin haqida: “Biz bunga qodirmiz”

Baho:
+ | -

Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiy Xavi Ernandes boshchiligida ilk muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ispaniya chempionatining 16-turida “ko‘k-anorranglilar” o‘z maydonida Sevilyaning “Betis” klubidan (0:1) mag‘lub bo‘ldi. 

Ushbu omadsizlikdan so‘ng mutaxassis o‘z futbolchilarining “Bavariya”ga qarshi Chempionlar ligasi guruh bosqichining hal qiluvchi o‘yinidagi kayfiyati haqida gapirdi.

“Biz Germaniyada g‘alaba qozonishga qodirmiz. Bu bizning vazifamiz. Hamma narsa o‘zimizga bog‘liq. “Barselona”ni eng qiyin safarlardan biri kutmoqda. Biz u yerga bor kuchimizni berish uchun boramiz, - deya murabbiyining so‘zlarini keltiradi ESPN.

O‘yin 8 dekabr, chorshanba kuni 2Alyans Arena”da bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 13:12, 05.12.2021.
O'qildi: 6354 marta.
Fikrlar: 27 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик