2021 yilgi mavsumni yakunlagan "sherlar" 5 yanvargacha ta’tilga chiqdi.
Keyingi mavsumga tayyorgarlikka jamoa 5 yanvardan Toshkentda kirishadi. Milliy terma jamoaning yanvardagi yig‘ini sababli xorijda yig‘in faqat fevral oyida o‘tkazilishi mumkin. Yakuniga yetgan mavsumda "Paxtakor" O‘zbekiston chempioniga aylanib, Superkubokni qo‘lga kiritishdi.