Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘FAda hakamlar va nazoratchilar qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘FAda hakamlar va nazoratchilar qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasida hakamlar va nazoratchilar qo‘mitasining yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov ishtirok etdi. Kun tartibidan yakuniga yetgan mavsum tahlili, kelayotgan yilga rejalar, soha rivojiga qaratilgan yangi dasturlar muhokamasi joy oldi.

«Biz har bir viloyatda seleksiya ishlarini kuchaytirishimiz zarur. Tajribali hakamlar va nazoratchilardan iborat mutaxassislar doimiy ravishda yosh hakamlar faoliyatini monitoring qilishi va tahlil etishi kerak. Ushbu seleksiya ishlari natijasida har bir hududdan 20-25 ga yaqin hakamlar tayyorlash dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur hakamlik darajasini tizimli ravishda ko‘tarib borish imkonini beradi», dedi Ravshan Ermatov.

Shuningdek, OFK va bir qancha nufuzli assosiasiyalar tajribasidan kelib chiqib, yurtimizda hakamlar akademiyasini tashkil etish taklifi bildirildi. Bu o‘z navbatida mahoratli mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Futbol akademiyalarini bitirayotgan, biroq futbolchi bo‘lolmagan yoshlarimizni professional hakam, nazoratchi sohasiga yo‘naltirish boyicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi. Keyingi yilga fitnes normativ va me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilishi muhokama etildi.

Yig‘ilishda hakamlikni yuqori darajada olib chiqish borasida maxsus seminarlar va kurslarni davomli o‘tkazib borish, har bitta hududda ayollar hakamligini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:24, 07.12.2021.
O'qildi: 1199 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.