Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘runovning sobiq ustozi “Leypsig” murabbiyiga aylandi

O‘runovning sobiq ustozi “Leypsig” murabbiyiga aylandi

Baho:
+ | -

Moskvaning “Spartak” klubi sobiq murabbiyi Domeniko Tedesko Germaniya chempionatiga ish boshladi. Nemis mutaxassisi “RB Leypsig” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi, deb xabar beradi «buqalar» matbuot xizmati. 

“Leypsig” klubi va 36 yoshli murabbiy o‘rtasidagi shartnoma 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha tuzilgan.

Bundesliganing joriy mavsumida “buqalar” muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Jamoa 18 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida atigi 11-o‘rinni egallab turibdi. “RB Leypsig” peshqadam “Bavariya”dan 16 ochko ortda qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Domeniko 2019 yilning oktyabridan 2021 yilning mayigacha “Spartak”ga ustozlik qilgan va o‘sha paytda moskvaliklar safida terma jamoamiz a’zosi Oston O‘runov to‘p tepgan.

Kiritildi: 16:50, 09.12.2021.
O'qildi: 2682 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик