Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

18 yil ichida birinchi marta “Barselona”siz: Bugun Chempionlar ligasi 1/8 finaliga qur’a tashlanаdi

18 yil ichida birinchi marta “Barselona”siz: Bugun Chempionlar ligasi 1/8 finaliga qur’a tashlanаdi

Baho:
+ | -1

Bugun Shvesariyaning Nyon shahrida Chempionlar ligasiga 1/8 final bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi, shundan so‘ng pley-offning birinchi bosqichining sakkizta juftligi shakllanadi. “Stadion.uz” nashri bo‘lajak tadbirning barcha tafsilotlari bilan tanishtiradi.

 

Qur’a qachon bo‘lib o‘tadi

13 dekabr dushanba kuni Shveysariyaning Nyon shahrida Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi. Marosimni “Stadion.uz” matnli translyasiyada orqali kuzatib borishingiz mumkin.

 

Qaysi jamoalar ishtirok etadi

16 ta jamoa Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga yo‘l oldi va guruh bosqichida kvartetlarda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egalladi. “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Chelsi” (Angliya), “Real Madrid”, “Atletiko” va “Vilyarreal” (Ispaniya), “Yuventus”, “Inter” (Italiya), “Bavariya” (Germaniya), “PSJ”, “Lill” (Fransiya), “Benfika”, “Sporting” (Portugaliya), “Ayaks” (Gollandiya), “Red Bull Zalsburg” (Avstriya) kabi jamoalar o‘z mamlakati sharafini himoya qiladi. .

Asosiy sensasiya “Barselona”ning 1/8 finalga chiqa olmagani bo‘ldi. Xavi shogirdlari guruhda “Bavariya” va “Benfika”dan ortda qolib, kvartetda uchinchi o‘rinni egalladi. Oxirgi marta 2000/20021 yilgi mavsumda “ko‘k-anorranglilar” Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga chiqa olmagandi.

 

Jamoalar qanday taqsimlanadi

Jamoalar ikkita savatga bo‘lingan. Guruh g‘oliblari dastlabki guruhdan joy olsa, ikkinchi o‘rin egalari esa ikkinchi guruhdan o‘rin olishadi.

 

Bir guruhdan joy olgan jamoalar

Guruh g‘oliblari

Ikkinchi o‘rinni olgan jamoalar

"Manchester Siti"

PSJ

"Liverpul"

"Atletiko"

"Ayaks"

"Sporting"

"Real"

"Inter"

"Bavariya"

"Benfika"

"Manchester Yunayted"

"Vilyarreal"

"Lill"

"Zalsburg"

"Yuventus"

"Chelsi"

 

Qura qanday kechadi?

Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga qura tashlash marosimi oson. Turli savatchalardagi jamoalar juftlik hosil qiladi. Shu bilan birga, bir mamlakat vakillari, shuningdek, guruh bosqichida kesishgan jamoalar bir-biriga qarshi tusha olmaydi. Boshqa hech qanday cheklovlar yo‘q.

Asosiy intrigalar

Qur’a bizga kamida ikkita kuchli juftlikni kafolatlaydi. Sababi, “Chelsi”, PSJ va “Inter” o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi va ikkinchi savatchadan joy olgan. Shubhasiz, “Chelsi” va “Inter” o‘z guruhida sensasion tarzda g‘alaba qozongan “Lill” bilan uchrashishdan umidvor. Sababi, PSJ ushbu jamoa bilan bir chempionatda o‘ynaydi va “Lill”ga qarshi o‘ynamasligi aniq.  

Uchrashuvlar qachon bo‘lib o‘tadi?

1/8 final o‘yinlari ikki oydan so‘ng bo‘lib o‘tadi. Dastlabki o‘yinlar 15, 16, 22 va 23 fevral kunlari, javob o‘yinlari 8, 9, 15 va 16 mart kunlari bo‘lib o‘tkaziladi. Ikkinchi savatchadan joy olgan jamoalar birinchi o‘yinni o‘z maydonlarida o‘tkazishadi.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumdan boshlab UYEFA tarkibida o‘tkaziladigan turnirlarda mehmondagi gol qoidasini bekor qilgan edi. Agar pley-offda jamoalar bir-birlariga bir xil miqdorda gol ursalar, javob o‘yini qo‘shimcha vaqtga o‘tadi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:00, 13.12.2021.
O'qildi: 13795 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.