Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Angliya seni sog‘inadi! Romarioning haqiqiy vorisi, omadli va omadsiz Aguero haqida

Angliya seni sog‘inadi! Romarioning haqiqiy vorisi, omadli va omadsiz Aguero haqida

Baho:
+1 | -

Serxio Aguero sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Kecha u matbuot anjumanida bu haqda ma’lum qildi: “Mening sog‘ligim birinchi o‘rinda. Shifokorlar menga o‘ynashni to‘xtatishni maslahat berishdi, shuning uchun men “Barselona”dan ketyapman va professional futbolni tark etyapman”, - dedi ko‘z yoshlarini tiya olmadi.

Serxio Aguero nima uchun futboldan ketmoqda?

30-oktabr kuni “Barselona” “Alaves”ga qarshi kurash olib bordi, o‘shanda birinchi bo‘lim oxirida Aguero nafas qisganligi sababli ko‘kragini ushlab oldi va bir necha soniyadan so‘ng maysazorga yiqildi. “Barselona” shifokorlari zambil bilan yugurib kelishdi, lekin u maydonni o‘zi tark etdi.

Dastlabki tekshiruv chog‘ida shifokorlar jiddiy biror narsa aniqlamadilar. “Barsa” rahbariyati hujumchini zudlik bilan kasalxonaga yubordi va ular shunday xulosaga kelishdi: chuqur tekshiruvdan o‘tish kerak. Insayder Xose Alvares shunday dedi: “Uning yengil taxikardiyasi bor. Argentinalik futbolchi keyingi tekshiruvlar uchun shifoxonaga olib ketilmoqda. U yaxshi holatda, lekin shifokorlar chuqurroq tekshiruv o‘tkazmoqchi”.

Bir kun o‘tib, Aguero o‘zining tvitteridagi sahifasi orqali, o‘zini yaxshi tutayotganini va tiklanish jarayoniga tayyorlanayotganini yozdi.

Xuddi shu ma’lumotni Xavi ham tasdiqladi: “Umid qilamizki, u futbol o‘ynashda davom eta oladi”.

Buyuk argentinalik

Serxio Aguero endi professional darajada futbol o‘ynamasligiga ishonish qiyin. U endigina 33 yoshda. O‘tgan yozda argentinalik futbolchi Amerika kubogini qo‘lga kiritdi va “Manchester Siti” bilan emosional tarzda xayrlashdi. Angliya Premyer-ligasi va shahar aholisi uchun Aguero shubhasiz qahramon va tarixdagi eng esda qolarli futbolchilardan biri hisoblanadi. 

Argentinalik futbolchi klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar (260 gol) va “Siti”ning unvonlar soni bo‘yicha rekordchisi (15 ta sovrin). Ammo raqamlar va sovrinlardan ham muhimroq narsa shundaki, Kun muxlislar xotirasida abadiy qoladi. Aguero 2011/12 yilgi chempionatning so‘nggi soniyalari oltin goli muallifi. O‘sha mavsumdagi Angliya futboli tarixidagi eng kutilmagan hodisalardan biri bo‘lib, aynan argentinalik futbolchining goli “Manchester Siti”ga Premyer-ligadagi ilk g‘alabasini taqdim etdi. 

Baxtsiz yakun

“Shaharliklar” tarkibidagi so‘nggi o‘yinda Aguero Chempionlar ligasi finalida mag‘lub bo‘ldi, keyin esa, nihoyat, uzoq yillik do‘sti Lionel Messi bilan bir klubda o‘ynash umidi bilan “Barselona”ga ko‘chib o‘tdi. Ular birgalikda 2008 yilgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdilar va terma jamoaning yig‘inida doimo bir xonada yashashdi. Bu transfer uning faoliyatidagi yangi bobning boshlanishi edi. Biroq, o‘shanda ham hammasi eng yomon ssenariy bo‘yicha ketdi: Messi PSJga ketdi, Serxio esa to‘pig‘idan olgan jarohati tufayli oktabr oyining o‘rtalarigacha “ko‘k-anorranglilar” safida debyutini o‘tkaza olmadi.

“Barsa”dagi qisqa bob

Shunga qaramay, Aguero “Barselona” uchun beshta o‘yin o‘tkazdi va hatto gol urishga ham ulgurdi. Argentinalikning yagona goli “el-klassiko”ga to‘g‘ri keldi, ammo kataloniyaliklar baribir “Real Madrid”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. 30-oktabr kuni esa Serxio so‘nggi bor maydonga tushdi... 

Agueroning qarori mantiqiy. Albatta, u yana bir necha yil o‘ynash niyatida edi, lekin hech kim o‘z sog‘ligini va hayotini xavf ostiga qo‘ya olmaydi, ayniqsa yurak muammolari haqida gap ketganda. “Barselona” argentinalikning qarorini to‘liq qo‘llab-quvvatladi, ammo bu ular uchun yana bir zarba bo‘ldi. Aguero ketadi, Depay va Breytveyt jarohat olgan, shuning uchun kataloniyaliklar tarkibida faqat bitta sog‘lom hujumchi bor - Lyuk De Yong. Qishda kataloniyaliklar transfer amalga oshirishi aniq.

Dahshatli tendensiya

Ammo “Barsa”ning qiyinchiliklarini Aguero va umuman jahon futboli bilan solishtirganda hech narsa emas. Oxirgi yillarda futbolchilar yurak bilan bog‘liq muammolarga tez-tez uchray boshladi. Hatto o‘tgan haftada ham birdaniga ikkita voqea sodir bo‘ldi: “Norvich” – “Manchester Yunayted” uchrashuvida “qizil iblislar” himoyachisi Viktor Lindelyof, “Napoli” – “Empoli” o‘yinida esa hujumchi Pyotr Zelinskida ham shunga o‘xshash muammo bo‘ldi.

O‘yindan so‘ng Lindelyofga yurak monitori o‘rnatildi va Zelinskiga shunchaki tanaffus berildi. Ammo bularning barchasi bu yilgi eng rezonansli holat – Finlyandiyaning Yevro-2020 o‘yinida Kristian Eriksenning klinik o‘limi fonida hech narsa emas. Daniyalikni butun dunyo ko‘z o‘ngida qayta tiriltirildi va shu paytgacha u maydonga.

Noyabr oyida “Real”ga qarshi Chempionlar ligasi o‘yinida “Sherif”ning qanot himoyachisi Adama Traore almashtirilganini eslashimiz. Bir oy oldin esa “Sheffild Yunayted” futbolchisi Jon Flek “Reding”ga qarshi o‘yinda hushidan ketgan. Ikki yil muqaddam miokardit tashxisi qo‘yilgan “Ayaks” himoyachisi Deyli Blind haqida ham unutmaslik kerak.

Futbolda yurak bilan bog‘liq muammolar haqiqatan ham ko‘paygan. O‘tgan yili tribunadagi muxlislarga ham tez-tez yordam kerak bo‘lib qoldi. Yevropada bularning barchasi koronavirusning o‘zi yoki emlashning oqibati degan nazariya kuchayib bormoqda. Biroq, hech kim yurak muammolarining kovid bilan bog‘liqligini rasman tasdiqlamadi.

Quyida Serxio Agueroning “Siti”dagi shaxsiy yutuqlaridan faqat bir qismi keltirilgan

  • Klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar: 260 ta gol.
  • Premyer-liga tarixidagi eng yaxshi xorijlik to‘purar: 184 ta gol
  • Ketma-ket 5 mavsumda 20 va undan ko‘p gol urgan futbolchi.
  • Premyer-ligada unga qarshi o‘ynagan 33 ta raqibdan 32 tasida gol urgan.
  • 10 mavsumda u 12 ta xet-trik qayd etdi - bu Ronaldu, Kantona, Bergkamp,   Klinsmann, Vialli, Saa, Beyl, Firmino, Starrij, Et’O va Jirudan ko‘proq.
  • 7 marta Premyer-ligada oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.
  • 2019 yilda Premyer-liga tarixidagi eng yaxshi xorijlik futbolchilar ro‘yxatini tuzildi, “Arsenal”ning sobiq hujumchisi Terri Anri 45% ovoz bilan birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin esa Krishtianu Ronalduga tegishli (14%). Uchinchi o‘rindan MYUning yana bir vakili Erik Kantona joy oldi (12%).
  • Shuni ham ta’kidlash kerakki, yuqorida nomi keltirilgan barcha futbolchilar APLda Aguerodan kamroq gol urishdi: Anri - 175, Ronaldu - 84 (portugallarning ikkinchi kelishini hisobga olmaymiz) va Kantona - 73. Chempionlik unvonlarida solishtiradigan bo‘lsak, Aguero yana beshta kubok bilan birinchi o‘rinda. Ulardan keyin Kantona (4), Ronaldu (3) va Anri (2) joy oldi.
  • Statistikaga ko‘ra, Serxio Aguero Terri Anrini golga sarflagan vaqti bo‘yicha ham ortda qoldirdi: argentinalikka 1 gol urish uchun o‘rtacha 108 daqiqa kerak bo‘lgan, fransuzga esa 121 daqiqa. Kuchli uchlida esa afsonaviy Alan Shirer va 146 daqiqa.

Argentinalik futbolchining maqomiga nisbatan adolatsizlikni Terri Anri ham tasdiqladi: “Menimcha, biz ba’zida Agueroni e’tibordan chetda qoldiramiz, ammo statistika shuni ko‘rsatadiki, u eng zo‘ri”.

Murabbiylar, jamoadoshlar va mutaxassislar Serxio Aguero haqida nima deyishgan?

Pep Gvardiola: “U bizning almashtirib bo‘lmas futbolchimiz edi. Aguero jamoa uchun borini berardi. Uning “Siti” uchun xizmati katta”.

Manuel Pellegrini: “Aguero muhim futbolchi, chunki u maydonda boshqalardan farq qiladi. U muhim daqiqalarda o‘zini ko‘rsatishni yaxshi ko‘radi”.

Roberto Manchini: “Menimcha, Serxio Aguero ajoyib futbolchi. Serxio – Romarioning haqiqiy vorisi”.

“Man Siti” prezidenti Xaldun Al Muborak: “Serxio Aguero - barcha “Man Siti” muxlislari xotirasida qoladigan ajoyib futbolchi”.

Joze Mourinyo: “Men har doim Agueroga qarshi o‘yinlarga yaxshi tayyorgarlik ko‘raman, lekin uni to‘xtatib bo‘lmaydi. Har safar u gol urish uchun bo‘shliq topadi. Ajoyib professional”.

Nemanya Vidich: “Aguero – yuqori saviyali futbolchi. U Premer-ligaga juda tez moslasha oldi, bu esa uni qanday futbolchi ekanligini ko‘rsatadi. Serxio kuchli zarba bera oladi, driblingga o‘tadi va jarima maydoni tashqarisidan gol uradi. Men bunday futbolchilarni kamdan-kam uchratganman”.

Gabriel Jezus: “Men uchun u klub tarixidagi eng yaxshi futbolchi”.

Alan Shirer: “Men Agueroni yaxshi ko‘raman! U istalgan pozisiyadan gol uradi. Tug‘ma iste’dod”.

Ueyn Runi: “U ajoyib futbolchi. Serxio Premyer-ligada haqiqiy kashfiyotga aylandi, u dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri. Uning ajoyib tezligi bor va ishonchim komilki, uni “Manchester Siti” va Angliya bunday ajoyib o‘yinchini sog‘inadi”.

Eden Azar: “Aguero doim barqaror. Ba’zida jarohat oladi, lekin maydonda bo‘lganida doim gol urishga harakat qiladi. Shuning uchun u men uchun eng yaxshilardan biridir”.

***

Futbol seni sog‘inadi, Serxio!


Internet materiallari asosida Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:00, 16.12.2021.
O'qildi: 4322 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.