Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Agueroning shifokori futbolchi nima uchun faoliyatini yakunlaganiga izoh berdi

Agueroning shifokori futbolchi nima uchun faoliyatini yakunlaganiga izoh berdi

Baho:
+ | -

"Barselona" hujumchisi Serxio Agueronig kardiologi Roberto Peydro argentinalik futbolchining yuragida qanday muammolar kuzatilganiga izoh berdi. Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli o‘yinchi kecha faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

"2004 yilda biz undagi yurak urishi ritmining o‘zgarishini davolagandik. Shunga qaramay, u 17 yil futbol o‘ynadi. Bu safar esa o‘sha kasallikka aloqasi bo‘lmagan boshqa muammo yuzaga chiqdi. Shuningdek, bu koronavirus yoki vaksinasiyaga bog‘liq emas.

Agueroda yuzaga kelgan bu galgi aritmiyaning sababi aniq emas. Uning yuragida kichik chandiq paydo bo‘lgan, bu esa aritmiyaga olib kelgan. Uchrashuv paytida esa taxikardiya ro‘y berdi. Nazarimda, uning hayotida qachondir kichik miokardit yuz bergan. O‘shandan bir millimetrli chandig‘ qolgan. Gap kovidda emas.

Agar u 23 yoshda bo‘lganida, uch oy kutib, so‘ngra tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishimiz mumkin edi. Ammo hozir bunday qilishdan ma’no yo‘q. Eng yaxshi qaror — futbolchilikni tamomlash. U maslahatimizga amal qildi.

U do‘stlari bilan futbol o‘ynasa, muammo yuz bermaydi. U yuqori yuklama ostida testdan o‘tdi va yurak urishida muammo ro‘y bermadi", – dedi shifokor.

Manba: soccernews.ru
Kiritildi: 21:30, 16.12.2021.
O'qildi: 5347 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.