Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Voleybol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi g‘oliblari ma’lum bo‘ldi

Voleybol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi g‘oliblari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida erkaklar va ayollar o‘rtasida voleybol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Hisob bo‘yicha 18 marta tashkil etilgan musobaqada mamlakatimizning eng kuchli 16 ta jamoasi chempionlik uchun kurash olib bordi.

Ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahslarda Jizzax davlat pedagogika instituti jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 2- o‘rinni Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi egallagan bo‘lsa, Urganch davlat universiteti qizlari 3-o‘rin bilan taqdirlanishdi.

Erkaklar o‘rtasidagi bahslar ham keskin qarama-qarshiliklarga boy bo‘ldi. Musobaqada yuqori saviyali o‘yin namoyish etgan «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi «UZTELECOM» jamoasi g‘olib chiqib, voleybol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi.

Musobaqaning 2-o‘rini Olmaliqning OKMK jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 3-o‘rin bir yo‘la ikki jamoa – Farg‘ona viloyatining «Buvayda tadbirkor» hamda Mudofaa vazirligining MHSK jamoalariga nasib etdi.

Kiritildi: 01:14, 17.12.2021.
O'qildi: 1401 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик