Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

Qilichbozlik bo‘yicha yurtimizda xorij tajribasi o‘rganilmoqda

Qilichbozlik bo‘yicha yurtimizda xorij tajribasi o‘rganilmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Yurtimizda iqtidorli sportchilarni kashf qilish va zamonaviy seleksiya metodikalarini mahalliy mutaxassislarga o‘rgatish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ushbu dastur doirasida ayni kunlarda qilichbozlik bo‘yicha ulkan tajribaga ega fransiyalik mutaxassis Mari Blum yurtimizda bo‘lib turibdi.

Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan loyiha doirasida Mari Blum yurtimizning turli viloyatlarida bo‘lib, o‘z malakasi bilan o‘rtoqlashadi.

Dasturga binoan mehmon dastlab Toshkent shahrida, so‘ng Buxoro viloyatida yosh sportchi va murabbiylar uchun mahorat saboqlari o‘tkazdi. Bugun va ertaga samarqandlik qilichbozlik uchun ana shunday tadbir mo‘ljallangan. Mazkur loyiha poytaxtimizda o‘tkazilayotgan bolalar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo chempionatining so‘nggi kunida yakuniga yetadi.

Hududlarda o‘tkazilayotgan tadbirlarda nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham qilichbozlikning zamonaviy metodikasi bo‘yicha ma’lumot berilmoqda.

Kiritildi: 23:52, 17.12.2021.
O'qildi: 1145 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.