Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya 0-2 Lasio
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

Luish Nani hikoyasi (6-qism)

Luish Nani hikoyasi (6-qism)

Baho:
+ | -

Dastlab «Manchester Yunayted»dagi mashg‘ulotlar qo‘rqinchlidek tuyular edi. Chunki daraja juda yuqorida edi. Shu tufayli tezroq moslashishim kerakligini bilardim. Qashshoqlikda yashagan paytimizda ham bir kun harakat qilmasak och qolar edik. Manchesterdagi mashg‘ulotlarda o‘zingni ko‘rsatmasang tamom edi.

Yuqorida aytganimdek, bolaligimdan hozirgi kungacha tangri menga juda yaxshi insonlarni uchrashtirdi. Ser Aleks ham men uchun otadek edi. Rio Ferdinand va Rayan Giggz ham yaxshi maslahatlar berishardi. Men shuningdek, Valensiya, Fabio va Rafael, Krishtianu, Andresen va yana ko‘plab do‘stlar orttirdim. Lekin men ko‘proq dardimni Patris Evraga ayta olardim. U menga akadek edi.

Shunday bir davr bo‘lgandi. O‘yinim umuman chiqmayotan edi. Muxlislar ham mendan norozi edi. Ser Aleks ham xursand emasdi. O‘zimdan juda ham jahlim chiqib yurgan paytlar. Shu tufayli Petning yoniga bordim. U jakuzida mushaklarini tiklash jarayonini o‘tkazayotgandi. «Pat, nega qilgan mehnatlarim o‘zini oqlamayapti? Nega hakamlar doimo menga qarshi?» – deya yig‘lab yubordim. Birozdan so‘ng o‘zimga kelib unga shunday dedim: «Men hammasini o‘zgartiraman. Men kuchliman. Men buni isbotlayman!»

Pat esa o‘tirgancha meni tinglardi. Keyin u o‘rnidan turib meni quchoqladi va shunday dedi: «Men bilaman. Muxlislar seni yaxshi ko‘rib qolishadi. Yaqinda sen yana gollar ura boshlaysan. Nani, sen men ko‘rgan eng yaxshi futbolchilardan birisan. Shubhasiz».

Oradan taxminan bir hafta o‘tgach men «Chelsi» darvozasiga ajoyib gol urdim. Kutilmaganda o‘zimning eng yaxshi o‘yinimni ko‘rsata boshladim. Hamma mendan xursand edi. O‘yindan so‘ng Pat yonimga kelib meni ko‘zlarimga qarab shunday degandi: «Bu mening bolam!». Bu ajoyib lahza edi.

Pat tangri menga ro‘baro qilgan yana bir ajoyib inson edi. Men doim tinimsiz mehnat, qachondir o‘z samarasini berishini bilar edim. Ammo ba’zida o‘zingizni ruhan kuchsiz his etasiz. Shunday paytda sizni to‘g‘ri yo‘lga qaytara oladigan inson kerak bo‘ladi. O‘z tuyg‘ularingizni yashirmay ayta oladigan inson.

Hozirda men o‘z emosiyalarimni yashirmayman. Agar hafa bo‘lsam buni yashirmayman. Men qanday bo‘lsam shundayligimcha ko‘rinishni istayman. Ba’zida qiyinchilik ko‘rib keyin boyib ketgan insonlar boshqa insonga aylanib qolishadi va yo‘ldan adashishadi. Ammo men o‘zimga doim shunday deyman: «Agar sen qayerdan kelganingni esdan chiqarsang, demak tamomsan!».

Shunday ekan, men qaysidir ma’noda hamon o‘sha kalamushlar bilan va kalta kesaklar bilan birga katta bo‘lgan, mashg‘ulotga 7 yoshida, qora tufli va eski tugmali ko‘ylakda kelgan bolakayman. Men o‘sha yoshligida eshiklarni taqqilatib ovqat so‘rab yurgan bolaman. Ammo Xudodan fantastika faoliyatim uchun doimo minnatdor bo‘lganman. Bu uzoq yo‘l edi va uning barchasini Tangrining o‘zi rejalashtirib qo‘ygan edi. Bularning barchasini tasodifga yo‘yish qiyin, chunki juda ko‘p voqealar bir birga bunchalik mos kelishi mumkin emas.

Davomi bor...

Manba: https://t.me/Turdialiyev_Hasan
Kiritildi: 12:00, 25.12.2021.
O'qildi: 2691 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик