Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/01 00:45 Roma 1-1 Milan
26/01 01:00 Alaves 2-1 Betis
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids

"Unga qarshi o‘ynash oson emasdi" — Aleksandr-Arnold

"Unga qarshi o‘ynash oson emasdi" — Aleksandr-Arnold

Baho:
+ | -

"Liverpul" futbolchisi Trent Aleksandr-Arnold Eden Azar haqida fikr bildirdi. U o‘z intervyusida shunday deydi:

"U APLda judayam tezkor hamda texnikali edi. Unda zaif nuqtalar bo‘lmagan deb hisoblayman. Azar o‘z  o‘yinini mukammal darajaga olib chiqa olgan futbolchi. U bilan to‘qnash kelganimda uning ustunligini darrov sezar edim. Boz ustiga, boshqa futbolchilar ham buni yaxshi bilishgan. Shu sabab unga qarshi o‘ynash hech qachon oson kechmagan. U men uchun eng kuchli futbolchilardan biri bo‘lib qolaveradi". 

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, Eden Azar "Chelsi" safida jami 352ta bahsda qatnashib, 110ta golga mualliflik qilgan edi.

Manba: teamtalk.com
Kiritildi: 12:08, 25.12.2021.
O'qildi: 2346 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.