Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

«UZ Football Awards»-2021. Oltita nominasiya bo‘yicha g‘oliblarga sovrinlar topshirildi

«UZ Football Awards»-2021. Oltita nominasiya bo‘yicha g‘oliblarga sovrinlar topshirildi

Baho:
+ | -

Ayni paytda O‘zbekiston futbol assosiasiyasining yil laureatlarini taqdirlashga qaratilgan «UZ Football Awards» marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Unda dastlabki nominasiyalar g‘oliblari nomi e’lon qildi.

«O‘zbek futboli nuroniysi»

Sport jurnalistikasi darg‘asi, o‘zbek sharhlovchiligining asoschisi — Axbor Imomxo‘jayev «O‘zbek futboli nuroniysi» sovrini bilan taqdirlandi.

Ushbu inson «Paxtakor» stadioni qurilgach, undan o‘zbek tilidagi ilk futbol reportajini jonli efirga olib chiqqan sharhlovchi hisoblanadi. Uning siymosida yuzlab shogirdlarga ustozlik qilgan fenomen, millionlar o‘yiniga bag‘ishlangan qator kitoblar muallifi, o‘z ovozi bilan barcha o‘zbekistonliklar xonadonigacha kirib borgan insonni ko‘ramiz.

«Fidoyilik ramzi»

Umrining 60 yilini Samarqanddagi “Dinamo“ stadioni maysasini parvarish qilishga sarflagan inson, 77 yoshli Sadri Nosirov «Fidoyilik ramzi» sovrini bilan taqdirlanadi.

Stadion foydalanishga topshirilganidan buyon qishni qish, yozni yoz demay yashil maydon bilan hamnafas bo‘lib kelayotgan ushbu insonning mehnatlari uchun futbol jamoatchiligi va muxlislar nomidan minnatdorchilik bildiramiz.  

«Jasorat»

O‘zbekiston kar-soqovlar terma jamoasi Eron mezbonlik qilgan surdlimpiada o‘yinlarining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi saralashida ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi va kelasi yil Braziliya mezbonlik qiladigan yozgi surdlimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shu sababli, mazkur jamoaning bosh murabbiyi Murodjon Ahmedov «Jasorat» sovrini bilan taqdirlandi.

«Eng yaxshi jurnalist»

Yil davomida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda O‘zPFL tadbirlarini faol yoritgan, yurtimizda futbolning ommaviylik darajasini oshirishda o‘zining hissasini qo‘shayotgan «Championat.Asia» sayti jurnalisti Faxriddin Ro‘ziyev mazkur sovringa munosib deb topildi.

«Eng yaxshi hududiy futbol assosiasiya»

Qoraqalpog‘iston Respublikasi futbol assosiasiyasi «Eng yaxshi hududiy futbol assosiasiya» sovrini bilan taqdirlandi.

«Muxlislar mehri»

Joriy mavsumda Coca-Cola Superligasining uchrashuvlarida o‘z jamoasini qo‘llab-quvvatlashda namuna ko‘rsatganligi va futbol ommaviyligini oshirishda qo‘shgan hissasi uchun «Andijon» fan-klubi «Muxlislar mehri» sovrini bilan taqdirlandi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:32, 25.12.2021.
O'qildi: 2147 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.