«Inter» darvozaboni Samir Xandanovich faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.
37 yoshli futbolchiga «Lasio» klubi qiziqish bildirmoqda. Sloveniyalik futbolchining "neradzurri" bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan. U 2012 yildan buyon "Inter" sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu vaqt mobaynida u 400dan ortiq o‘yinda maydonga tushgan.