Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Tuxel: «Manchester Siti»ni ta’qib qilish uchun bir mavsumdan ko‘proq vaqt kerak»

Tuxel: «Manchester Siti»ni ta’qib qilish uchun bir mavsumdan ko‘proq vaqt kerak»

Baho:
+ | -

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel APL g‘olibligi uchun kurash haqida fikr bildirdi.

«Ta’qib qilishdan to‘xtamaymiz, ishonishdan to‘xtamaymiz. Ehtimol, hozirgi vaziyat Bundesligada duch kelganimdan farq qilar, biroq, qandaydir ishonch bor.

Haqiqatni to‘g‘ri baxolash kerak. Orzu qilish emas, vaziyatga real baho berish kerak. Odatda bu hayotda yordam beradi.

Agar 2021 yildagi natijalarga qaraydigan bo‘lsak u holda «Manchester Siti» bizni «Liverpul» bilan 20 ochko ortda qoldirayotganini ko‘ramiz. Biz ushbu poygada ularning ortidan ketyapmiz, lekin oramizda ochkolar borasida katta faqr bor.

Men bu haqda «Chelsi»ga yangi kelgan paytlarimda gapirganman. Biz bu bo‘shliqni imkon qadar tezroq to‘ldirishimiz kerak. Biz buni boshidanoq amalga oshirishni boshlaganmiz va to‘xtamayapmiz.

«Manchester Siti»ni ta’qib qilish uchun bir mavsumdan ko‘proq vaqt kerak bo‘lar, chunki ular rivojlanishdan to‘xtamayapti», – dedi Tuxel.

Kiritildi: 15:50, 02.01.2022.
O'qildi: 2289 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.