Londonning "Chelsi" klubi darvozaboni Eduar Mendining fikricha, APL doirasida "Liverpul"ga qarshi o‘yinning boshidayoq Sadio Manega qizil kartochka ko‘rsatilishi kerak edi.
"Sadio mening akam, mening vatandonim. Lekin u o‘yinning boshidayoq maydondan chetlatilishi kerak edi", — dedi Mendi RMC Sport bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, Mane va Mendi Senegal terma jamoasida birga to‘p surishadi.