Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

2022 yil kirib keldi. 22 raqamli futbolchilar ramziy terma jamoasi

2022 yil kirib keldi. 22 raqamli futbolchilar ramziy terma jamoasi

Baho:
+ | -

Yangi 2022 yil kirib keldi, demak, bazi futbolchilar uchun kelayotgan yil muhim voqea bo‘lib, ehtimol omadli bo‘lib kelar. Gap 22-raqamli charm to‘p ustalari haqida ketmoqda.

Hozir biz sizlarga ushbu raqam ostida to‘p suradigan futbolchilarning eng mashhurlari haqida ma’lumot berishga qaror qildik.

Darvozabon

Loris Karius (“Liverpul”)

2018 yilgi UYEFA Chempionlar Ligasi finalida “Real Madrid”ga qarshi o‘yinning asosiy antiqahramoni bizning ro‘yxatimizni ochib beradi. Nemis kiperi o‘sha kundan boshlab “Liverpul”ning asosiy jamoasi taarkibida maydonga tushmadi. Ammo, futbolchi joriy mavsumni avvalgidek ijarada emas, “qizillar” safida o‘tkazmoqda. Ehtimol uni jamoaga qaytishini bu yil kuzatarmiz.

Umid qilamizki, Karius 2022 yilda “Liverpul” yoki boshqa Yevropa klubida faoliyatini qayta tiklay oladi.

 

Himoya

O‘ng qanot himoyachisi: Nelson Semedu (“Vulverxempton”)


Biz bir necha yil oldin “Barselona”da o‘ynagan “Vulverxempton”ning portugaliyalik himoyachisi Nelson Semeduni ushbu pozisiya uchun tanladik. Shuni ham ta’kidlashimiz kerakki, yaqinda kataloniyaliklar Nelsonni ortga qaytarishni istaganligi haqida mish-mishlar tarqalgandi.

Bundan tashqari Fransiya terma jamoasi va “Leypsig”ning 22-raqamli himoyachisi Nordi Mukiyele, shuningdek, “Napoli” futbolchisi Jovani Di Lorenso ham ushbu ramziy terma jamoamizning o‘ng qanot himoyasidan joy olishi mumkin edi.

 

Markaziy himoyachilar

Oskar Mingesa (“Barselona”)

Yosh ispaniyalik asosiy himoyachilarning jarohati tufayli Kataloniya jamoasining asosiy tarkibiga qo‘shila oldi. O‘shandan beri Mingesaga ko‘p yillar davomida “ko‘k-anorranglilar” lagerida istiqbolli markaziy himoyachi sifatida qaralib kelmoqda.

Bu mavsumda uning ishlari yaxshi ketmaydi, ammo 2022 yil uning uchun omadliroq bo‘lishiga ishonamiz.

 

Mario Ermoso (“Atletiko”)

Ispaniyalik futbolchi “matraschilar” lageriga 2019 yilda qo‘shilgandi. U tez orada “Inter”ga jo‘nab ketgan Diyego Godinning o‘rnini egallab, jamoada o‘z o‘rnini tezda topdi.

2021 yil Ermoso uchun juda muvaffaqiyatli yil bo‘ldi, chunki himoyachi La Ligada g‘alaba qozona oldi, shuning uchun biz unga 2022 yil yanada muvaffaqiyatli bo‘lishini tilaymiz.

 

Chap qanot himoyachisi: Abdu Diallo (PSJ)


Dastlab senegallik futbolchi o‘rniga Benjamin Mendi egallashi kerak edi, ammo “Siti” futbolchisining qamoqxona bilan bog‘liq muammosi ro‘yxatimizga kirishiga to‘sqinlik qildi.

Diallo himoyaning chap qanotidagi vazifalarini yaxshi bajarib, Xuan Bernatni ushbu pozisiyadan chiqarib yubordi. Umid qilamizki, yosh futbolchi 2022 yilda ham rivojlanishda davom etadi.

 

Markaziy yarimhimoyachilar

Arturo Vidal (“Inter”)

Maydonda hamisha bor kuch va g‘ayratini jamoasi uchun beradigan jangchini unutmaslik kerak. Chililik futbolchi 2021 yilda “Inter” uchun A seriyani yutishning uddasidan chiqdi, ammo joriy mavsumda yangi murabbiy bilan Vidal ko‘pincha zaxirada o‘tirmoqda.

Shuning uchun biz 2022 yilda uning asosiy tarkibga qaytishini va yana Skudettoni yutishini tilaymiz,

 

Jud Bellingem (Borussiya Dortmund)

Mazkur transferni ko‘pchilik “asalarilar” muxlislari ma’qullamadilar, ammo ingliz o‘zining muhim futbolchiligini maydonda o‘ynab isbotlay oldi va Xoland bilan birga jamoa yetakchisiga aylandi.

Umid qilamizki, Bellingem o‘sishda davom etadi va 2022 yilda jahon darajasidagi yulduzga aylanadi.

 

Hujumkor yarimhimoyachi va vingerlar

Nikolo Zanyolo (“Roma”)

Italiyalik futbolchi nafaqat yorqin o‘yini bilan reytingimizdan joy oldi. Nikola joriy mavsum “bo‘rilar” safida ajoyib o‘yin namoyish etmoqda va Joze Mourinyodek qattiqqo‘l murabbiy qo‘l ostida asosiy tarkibda maydonga tushmoqda. Shu sabab ham uning ramziy terma jamoamizga kiritishga qaror qildik.

 

Hakim Ziyesh (“Chelsi”)

Marokashlik futbolchi “Ayaks”da ajoyib o‘yin ko‘rsatgandi, ammo Londonda hamon o‘z o‘rnini topib ulgurmagan. Ko‘plab mish-mishlarga ko‘ra, ushbu futbolchi qishki transfer oynasi vaqtida jamoadan ketadi. Shuningdek, Afrika millatlar kubogi uchun Marokash terma jamoasi tarkibidan joy olmadi. Ammo, bu voqealar futbolchini ramziy terma jamoamizdan chetda qolishga sabab bo‘lmadi.

 

Federiko Kyeza (“Yuventus”)

Fediriko 2021 yilda katta yutuqqa erishdi. Italiyalik futbolchi Turin klubining ham, terma jamoaning ham ajralmas bo‘lagiga aylandi. Aynan uning ajoyib o‘yinlari tufayli Italiya Yevro-2020 kubogini qo‘lga kiritdi.

Umid qilamizki, Kyeza xuddi shu ruhda davom etadi va 2022 yilda jahon darajasidagi yulduzga aylanadi.

 

Hujumchi

Sebastyan Aller (Ayaks)

Kot-d’Ivuarlik futbolchi “Vest Xem”dan Gollandiya jamoasiga o‘tib, o‘zining haqiqiy darajasini ko‘rsata oldi. Natijada - Chempionlar ligasidagi gollar bo‘yicha rekordlar va Yevropaning top-klublaridan bo‘lgan qiziqish kabi natijalarga erishdi. Futbolchining ushbu ajoyib o‘yinlari sabab mazkur pozisiya uchun asosiy nomzod sifatida tanladik.

 

Boshqa taniqli o‘yinchilar

Isko (“Real Madrid”) - o‘yin borasida taslim bo‘lgani, hamda asosiy jamoa tarkibidan tushib qolgani uchun tarkibga kiritilmadi. Shuningdek, klub ham u bilan shartnomani yangilamoqchi emas.

Said Benraxma (“Vest Xem”) – jazoirlik futbolchi hali o‘zini kuchli futbolchi sifatida ko‘rsata olmadi, shu sabab reytingimizdan joy olmadi.

Benjamin Mendi (“Man Siti”) – Zo‘ravonlik va Qamoqxona bilan  bog‘liq muammolar futbolchining obro‘siga zarar yetkazdi.

 

Manba: isport.ua
Kiritildi: 12:10, 04.01.2022.
O'qildi: 9010 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.