Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/06 00:00 Albaniya 0-1 Ispaniya
25/06 00:00 Xorvatiya 1-1 Italiya
25/06 03:00 Kolumbiya 2-1 Paragvay
25/06 06:00 Braziliya 0-0 Kosta-Rika
25/06 20:00 Olimpik 2-0 Surxon
25/06 21:00 Fransiya 1-1 Polsha
25/06 21:00 Niderlandiya 2-3 Avstriya
26/06 00:00 Angliya 0-0 Sloveniya
26/06 00:00 Daniya 0-0 Serbiya
26/06 03:00 Peru 0-1 Kanada
26/06 06:00 Chili 0-1 Argentina
26/06 20:00 Andijon - Navbahor
26/06 20:00 Metallurg - Nasaf
26/06 21:00 Slovakiya 1-1 Ruminiya
26/06 21:00 Ukraina 0-0 Belgiya
27/06 00:00 Chexiya - Turkiya
27/06 00:00 Gruziya - Portugaliya
27/06 03:00 Ekvador - Yamayka
27/06 06:00 Venesuela - Meksika
27/06 20:00 Neftchi - Lokomotiv
27/06 20:00 Paxtakor - Bunyodkor

«Real» darvozasiga urilgan gol qiymati

«Real» darvozasiga urilgan gol qiymati

Baho:
+ | -

Transfermarkt portali barcha milliy chempionatlar futbolchilarining transfer bahosini yangilab chiqdi. Jum­ladan, Moldova elit divizionida o‘ynagan|o‘ynayotganlarga yangi summa qo‘yildi. Reytingga qarab, Moldova tarixida ilk marta YECHL guruh bosqichida o‘ynagan «Sherif» vakillarining transfer huquqi bahosi keskin ko‘tarilganini ko‘rish  mumkin. Zero, Tiraspol jamoasi «Santyago Bernabeu»da «Real»ni yengib, katta shov-shuv ko‘tardi. Qolaversa, «Shaxtyor» (Donesk)dan 2ta uchrashuvda 4 ochko tortib oldi. Xullas, CHL guruh bosqichini 7 ochko bilan yakunlagan Moldova vakili xalqaro maydondagi yurishini YELda davom ettirish huquqini naqd qildi.

Ayni payt «Sherif» tarkibidagi futbolchilarning umumiy transfer summasi 24,58 million yevroni tashkil etmoqda. Transfermarkt portalida bahosi keskin oshgan futbolchilar orasida Adama Traore yetakchi - uning transfer summasi 200 mingdan 3 million yevroga ko‘tarildi. «Santyago Bernabeu»da gol urgan hamyurtimiz Jasur Yaxshiboyevning transfer bahosiga esa 200 ming qo‘shildi va 700 ming yevroga yetdi. Ma’lumot uchun, Yaxshiboyev uchun bu borada eng yuqori ko‘rsatkich o‘tgan yilning dekabrida qayd etilgandi - 750 ming yevro. Binobarin, Jasur Belarus chempionatida o‘ta samarali o‘ynab, to‘purarlar poygasida 2-o‘rinni egallagan va chempionatning eng foydali futbolchisi sifatida e’tirof etilgandi. Asosiysi, Yaxshiboyev «Shaxtyor» (Soligorsk) safida Belarus chempioni bo‘lgandi.

Hamyurtimiz shundan keyin Polsha chempioni «Legiya» safiga qo‘shildi, biroq jarohat ortidan zaxirada o‘tirib qoldi. Oqibatda uning transfer bahosi 500 ming yevroga tushdi. Mana, «Sherif»dagi o‘yinlari o‘laroq, transfer summasi yana ko‘tarildi. Aslida uning bahosi 700 ming yevrodan ancha yuqori bo‘lishi hech gap emasdi. Biroq Yaxshiboyevga aynan «Real» maydonida orttirilgan jarohat yana pand berdi. Har holda, hamyurtimiz shundan so‘ng CHLda ham, Moldova chempionatida ham aksariyat uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Statistika bo‘yicha aytsak, legio­nerimiz Moldova chempionatining atigi 6ta o‘yinida qatnashib, jami 292 daqiqa harakatlandi. Shunga qaramay, 1ta gol urishdan tashqari, yana 3tasiga assistentlik qildi. Moldova kubogida esa Jasur bor-yo‘g‘i 28 daqiqa o‘ynadi. CHLni alohida olsak, u guruh bosqichidagi 6ta o‘yindan 3tasida ko‘rinish berdi - jami 206 daqiqa. «Real» stadionida Tibo Kurtua darvozasiga urilgan gol hamyurtimiz uchun yagona bo‘lib qoldi. Demak, «Legiya»dan «Sherif»ga ijara kelishuvi asosida o‘tgan Yaxshiboyev Tiraspol klubining 10ta o‘yinida 516 daqiqa o‘ynab, 2ta gol va 3ta samarali uzatma qayd etdi.

Yaxshiboyev shuningdek, O‘zbekiston milliy jamoasi boshqaruvini qo‘lga olgan Srechko Katanes nazariga ham tushdi. Biroq hujumkor futbolchi aynan jarohat tufayli o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inida to‘liq qatnasholmadi, xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlaridan ham chetda qoldi. Hozircha uning hisobida mamlakatimiz bosh jamoasi safida o‘tkazilgan 3ta o‘yin bor, xolos.

Jasur Yaxshiboyev endi 24 yoshga to‘lganiga qaramay, bir qator ligalar va jamoalarda o‘ynashga ulgurdi. Xususan, «Paxtakor», AGMK, «Energetik-BGU», «Shaxtyor» Sl., «Legiya», «Legiya-2», «Sherif» klublari safida jami 103ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 23ta gol va 13ta samarali uzatma yozdirib qo‘ydi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:30, 05.01.2022.
O'qildi: 5937 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.