Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

A Seriya. Bugun Shomurodov jamoasi muhtasham "San-Siro"da mehmon bo‘ladi (prevyu)

A Seriya. Bugun Shomurodov jamoasi muhtasham "San-Siro"da mehmon bo‘ladi (prevyu)

Baho:
+ | -

 Bugun Toshkent vaqti bilan 22:30da start oladigan “Milan” hamda “Roma” o‘rtasidagi bahs ko‘plab yurtdoshlarimiz uchun qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu o‘yin oldidan ikki jamoadagi yo‘qotishlar va klublarning statistikasi bilan qo‘yida tanishishingiz mumkin bo‘ladi.

"Milan"

"Milan" qisqa muddatli qishki tanaffusdan so‘ng, o‘z yurishinichempionlik poygasidan ancha ortda qolgan "Roma"ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

"Milan"ning yangi yil shiori o‘tgan yilning shu vaqtida qilgan xatolarini takrorlamaslik bo‘lsa kerak. 2021 yilning yanvarida “rossonerilar” A seriyada peshqadamlik qilishgan, ammo tajribaga ega bo‘lmagan yosh tarkib tufayli yakunda “Inter”ga chempionlikni beprib yuborishgan edi.

Bu safar ular A Seriya peshqadam emas. "Milan" joriy mavsumda 19 ta o‘yin o‘tkazgan va "Inter"dan 4 ochko ortda qolmoqda. “Qizil-qora”lar 1 davrani 2 pog‘onada yakunlashgan.

 "Milan" tanaffus oldidan "Empoli" ustidan g‘alaba qozonib, chempionlik uchun kurashda o‘z imkoniyatlarini saqlab qoldi. Mavsumning roppa-rosa yarmi oldindaligini hisobga olsak, «Milan»da chempion bo‘lish uchun ancha yaxshi imkoniyat bor.   Ularning bu turda "San-Siro"ga tashrif buyurgan mehmonlari "Roma” deyarli Skudettodan umidini uzgan. Ular ligadagi so‘nggi beshta to‘qnashuvda ikki bor raqiblaridan ustun kelishgan.

Qisqa qishki tanaffus “Milan”ga asosiy o‘yinchilarning bir qismini jismoniy holatga qaytarish imkoniyatini berdi. Mavsum davomida jarohatlar bilan kurashgan asosiy hujumchi Ante Rebich nihoyat Rafael Leau va Zlatan Ibrahimovich bilan birga to‘liq mashg‘ulotlarga qaytdi. Jamoa himoyachisi Davide Kalabriya ham to‘liq jarohatidan forig‘ bo‘lgan. Biroq Afrika Millatlari Kubogi tufayli Frenk KessiYE, Ismael Bennaser va Ballo-Turelar jamoaga kelasi o‘yinda yordam bera olmaydilar. Shuningdek, jamoaning asosiy futbolchisi Simon Kyerda jiddiy jarohat bor va u ham bugungi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Kessiye va Bennaser yo‘qligida Stefano Pioli markaziy yarim himoyada Sandro Tonali va Tiyemuye Bakayoko juftligini tanlashi mumkin. “Milan” lagerida KOVID yuqtirilgan xolat xaqda ham xabar berilgan edi, ammo futbolchining shaxsi hali oshkor etilmagan.

 

Hujum chizig‘ida esa kadrlar yetardi:  Leau, Braim Dias va Aleksis Salemakers hujumga yaqinroqda joylashsa, Ibragimovich esa yagona hujumchi sifatida maydonga tushishi kutilmoqda.

 

Ehtimoliy tarkib (4-2-3-1): Menyan; Florensi, Tomori, Romanyoli, Ernandes; Tonali, Bakayoko; Salemakers, Dias, Leau; Ibrahimovich.

 "Roma"

Rimning "Roma" klubi ushbu mavsum A Seriyada 19 o‘yinda 32 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan. Jamoaning asosiy maqsadi Chempionlar ligasi kvotasi beriladigan pog‘onalarda mavsumni yakunlash bo‘lishi shubxasiz. Hozirda hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan klub turnir jadvalining 6 poo‘onasiga joylashgan. 

Rimliklar lagerida koronavirus muammosi bor, Borxa Mayoral, Ebrima Dabro, Amado Diavara, Kris Smolling va Deniyel Fuzatoda virus aniqlangan.  

Abraham avtohalokatga uchraganiga qaramay, maydonga tushish ehtimoli yuqori. Rui Patrisiu doimgidek darvozasini qo‘riqlasa, markaziy himoya uchligi Janluka Manchini, Marash Kumbulla va Rojer Ibanyeslar  bo‘lishi mumkin.

 Ushbu to‘qnashuvda Mourinyo katta ehtimol faol qanot himoyachilaridan foydalanadi. Rik Karsdorp va Matias Vinya bu rolda asosiy davogarlar hisoblanadi. Brayan Kristante, Jordan Veretu va Pellegrini esa markaziy yarim himoyada o‘yinni boshlashi kutilmoqda.

Katta ehtimol bilan Zanyolo va Abraham hujum juftligida o‘ynaydi, Mourinyo esa “Milan”ning asosiy himoyachisi Simon Kyer yo‘qligidan foydalanishga urinib ko‘radi.

 

Ehtimoliy tarkib (3-5-2): Patrisio; Kumbulla, Manchini, Ibanyes; Karsdorp, Pellegrini, Kristante, Veretu, Vina; Zanyolo, Abraham

 

Asosiy statistika

"Milan" barcha musobaqalarda "Roma"ga qarshi so‘nggi to‘rtta o‘yinda kamida ikkitadan gol urgan.

"Milan" "Roma"ga qarshi so‘nggi ikki liga o‘yinida g‘alaba qozongan va 1996 yildan beri birinchi marta A Seriyada "bo‘rilar"ga qarshi ketma-ket uchta o‘yinda g‘alaba qozonishi mumkin.

"Roma" A Seriyadagi so‘nggi o‘nta mehmondagi o‘yindan sakkiztasida kamida ikkitadan gol urgan

 “Roma” 2021 yilda safarda 12 marta mag‘lubiyatga uchragan, faqat 1949 va 1950 yillarda safarda bundan yomonroq natija qayd etgan.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:37, 06.01.2022.
O'qildi: 3239 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.