Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Rangnikning bosimi, Futbolchilar orasidagi o‘zaro konflikt: «MYU»da ichki muhit yaxshi emas

Rangnikning bosimi, Futbolchilar orasidagi o‘zaro konflikt: «MYU»da ichki muhit yaxshi emas

Baho:
+ | -

So‘nggi chiqayotgan yangiliklar «Manchester Yunayted»ning kelajagi haqida turli chalkashliklarni keltirib chiqarmoqda. Turli gazeta va manbalarga ko‘ra jamoa kiyinish xonasida ayrim kelishmovchiliklar borligi, futbolchilar vaqt, murabbiy, taktika va qarorlardan norozi ekanligi bong urmoqda.

Bunga ayrim sabablar keltirilmoqda. Ular haqida qisqacha to‘xtalamiz. Avvalo, futbolchilar orasida ishonchsizlik kayfiyati hukmron. Mahalliy manbalarga ko‘ra, ba’zi futbolchilar Sulsher bergan va’dalardan norozi bo‘lmoqda, ular ayni paytdagi jamoa muhiti o‘zgarishini xohlaydi.

E’tiroz bildiruvchilar pozisiyasiga murabbiyning almashinish nuqtai nazaridan qarash mumkin. Ole yechinish-kiyinish xonasida o‘z shogirdlariga yetarlicha mehribon edi, qattiqqo‘l emas edi, taktik jihatdan futbolchilar uchun murakkab usullarni qo‘llamagan. O‘yinning o‘zida improvizasion qarorlar chiqarishga harakat qildi. Futbolchilar ham o‘z navbatida bunga ko‘nikib qolishdi va tan olish kerak, muhim pallalarda bo‘shashib qoldi. Keyinchalik esa jamoaga Rangnik keldi. U barcha bilganidek, qattiq intizomli inson. Mashg‘ulotlarlarga jiddiy o‘zgarishlar kiritadi. Biroq ayni dam «MYU» o‘yinchilari bunga tayyor emaslar, shuning uchun Rangnikning jamoaga va futbolchilarning bosh murabbiyga moslashib olishlari uchun yetarlicha vaqt kerak bo‘ladi.

Shuningdek, ayrim tarqalgan gap-so‘zlarga ko‘ra, o‘yinchilarning o‘zi ba’zi futbolchilarni jamoaga loyiq emas deb hisoblaydi. Xulosa qilib olsak, «MYU»da ayni dam ichki muhit havas qilarli darajada emas. Lekin hech kim ichki xabarlarning haqqoniy yoki yo‘qligini aniq bilmaydi. Biroq katta ehtimol ushbu gaplar Ronalduga tegishli bo‘lishi mumkin, chunki u oxirgi mashg‘ulotlarga bormadi. Ralf uchun ham ideal tarkibni tanlash qiyinchilik tug‘dirmoqda.
Bu variantni Gari Nevill juda ko‘p bor aytib o‘tgan: «Yunayted»ga bir talay yugura olmaydiganlar yig‘ilib qolgan. Ular hamma narsadan doimiy shikoyatda bo‘lishadi. Xuddi shu ruhda davom etishsa, bu yaxshilikka olib kelmaydi», - deydi Nevill Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Shuningdek, Rangnik «MYU»ga mos emas degan variant ham yo‘q emas. U o‘zining sevimli 4-2-2-2 sxemasi bilan mashhur. Biroq Premyer-ligada yoki aniqrog‘i Manchesterda 4-2-2-2 unchalik ham yaxshi ishlamaydi.

Ha, o‘yinchilarning ko‘nikishi uchun vaqt kerak. Ammo, o‘yinchilarga e’tirozlar ko‘payib bormoqda.
Jeymi Rednap bunga quyidagicha fikr bildiradi: «Rangnik o‘zining maqtovga sazovor 4-2-2-2 sxemasi bilan maydonga tushdi. Lekin bu ishlamayapti. Murabbiy «Manchester Yunayted»ga kelganida o‘ziga salohiyatli futbolchilar kerakligini aytgan edi. Qaysi sxemadan foydalanishini muhim hisoblamagan. Keyinchalik esa u uch himoyachi taktikasiga o‘tdi.
Menimcha, Rangnik shunchaki sxemalar tuzmoqda xolos. Kecha «Manchester Yunayted» o‘yinida qandaydir o‘ziga xoslik yo‘q edi».

Nazarimda, hamma bir-birini tanqid qilish bilan band. Rangnikga vaqt kerak, u 2019 yildan beri mashg‘ulot o‘tkazmagan va umuman top-yulduzli klubni boshqarmagan. Balki, «MYU»ga futbolchilarning yuqori maoshlari xalaqit qilayotgandir.

Masalan, APLdagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar ro‘yxatiga nazar tashlaylik. Eng yuqoridagi 10 o‘yinchidan 4 tasi manchesterlik. Hozirda ularning dahshatli maoshi tufayli ko‘plarini sotishning iloji yo‘q. Bu gap Marsyalga tegishli. Pol Pogba esa kayfiyat o‘yinchisi. Rahbariyat futbolchilarni pul bilan klubga jalb qiladi yoki oyliklarni aql bovar qilmas darajada oshirish bilan shartnomalarni qayta imzolaydi. Lekin buning amalda hech kimga foydasi bo‘lmasa vaziyatni kim izohlashi kerak?

«Manchester Yunayted» ishtirokida qiziqarli xabarlar chiqishda davom etmoqda. Ro‘y berayotgan voqealar darhaqiqat, rang-barang: ichki kelishmovchiliklar, Rangnikning futbolchilarga bosimi, mavsum oxirida bir guruh o‘yinchilarning ketishi haqidagi xabarlar...

Bizning esa nima bo‘lgan taqdirda ham «Yunayted»ga omad tilashdan boshqa choramiz yo‘q.

Kiritildi: 22:24, 07.01.2022.
O'qildi: 2854 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.