Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Afrika Millatlar kubogida qaysi jamoa g‘alaba qozonadi? Asosiy favoritlarni aniqlaymiz

Afrika Millatlar kubogida qaysi jamoa g‘alaba qozonadi? Asosiy favoritlarni aniqlaymiz

Baho:
+ | -

Afrika Millatlar kubogi 9 yanvar kuni start oladi. Turnirda 24 ta jamoa ishtirok etadi. “Stadion.uz” nashri musobaqada qaysi jamoa g‘alaba qozonishini taxmin qilib ko‘radi.

UYEFA ortidan Afrika ham qit’a chempionati ishtirokchilari sonini kengaytirishga qaror qildi. AFK xuddi shunday sxemani oldi: 6 guruhga bo‘lingan 24 ta jamoa, ulardan birinchi va ikkitasi o‘rin sohibi va uchinchi o‘rinni egallagan to‘rtta eng yaxshi jamoa pley-off bosqichiga yo‘l oladi. Ishtirokchilar sonining kengayishi ko‘plab debyutantlarni musobaqada ko‘rishimizga sabab bo‘ldi. Misol uchun, Komor orollari va Gambiya terma jamoalari turnirda ilk marta qatnashmoqda, Mavritaniya ikkinchi marta musobaqa guruh bosqichiga yo‘l oldi, Ekvatorial Gvineya, Malavi, Kabo-Verde va Serra-Leone - uchinchi. Ajablanarlisi, Afrika standartlari bo‘yicha kuchli sanaladigan ba’zi jamoalar saralashdan o‘ta olmadi. Janubiy Afrika, Kongo DR, Angola terma jamoalari Kamerundagi musobaqada qatnashmaydi. Shuningdek, so‘nggi yillarda AMKni hayratda qoldirgan Zambiya ham turnir final bosqichiga chiqa olmadi.

Afrika kubogi tarkiblar bo‘yicha o‘ziga xos turnir hisoblanadi. Musobaqa jamoalari tarkibida Yevropaning kuchli divizionlarida to‘p tepadigan futbolchilar bor. Qolaversa, turnirda Malta, BAA, Quvayt, Gruziya, Lyuksemburg, Hindiston kabi mamlakatlar ligalari vakillari ham ishtirok etishadi. Bunday vaziyatda ko‘plab murabbiylar uchun asosiy muammo to‘g‘ri muvozanatni tashkil qilishdir. Qolaversa, Afrika kubogida darvozabonlar alohida ahamiyatga ega. Bu yerda posbonlarning xatolari an’anaviy, shuning uchun ishonchli kiperga ega bo‘lish juda muhim

Agar ikkala tezisni ham umumlashtirsak, Senegal favoritga o‘xshaydi. “Teranga sherlari” darvozasiga super yulduz bor - Eduard Mendi. Murabbiy Aliu Sisse har bir chiziqda ajoyib tanlovga ega: himoyachilar Kalidou Kulibali, Abdu Diallo va Buna Sarr, yarimhimoyachilar Idriss Geye, Sheyku Kuyate va Nampali Mendi, hujumchilar Ismoil Sarr, Keyta Balde. Tarkibning asosiy yulduzi esa, albatta, Sadio Mane. Uch yil avval senegalliklar finalga qadar etib borgan va u yerda Jazoir terma jamoasiga imkoniyatni boy bergandi. Ajablanarlisi shundaki, o‘shandan so‘ng, terma jamoa hatto murabbiyni ham o‘zgartirmadi va hozirda ham Aliu Sisse Senegal bosh murabbiy sifatida ishlamoqda (O‘zbekiston terma jamoasi bilan taqqoslasak, bu juda ajablanarli :-) ).

2019 yilda turnirda g‘alaba qozongan  Jazoir ushbu muvaffaqiyatlarini yana takrorlash istagida. Biroq, “cho‘l tulkilari”ning tarkibi biroz zaiflashganga o‘xshaydi. So‘nggi turnirni ajoyib tarzda o‘tkazgan darvozabon Rais M'Boli hozirda 35 yoshda. Qolaversa, himoya ham nisbatan zaiflashgan. 2019 yilda deyarli barcha himoyachilar top-chempionatlarda o‘ynagan bo‘lsa, hozir ularning uchtasi bor — Sofian Feguli, Islom Slimani va Yasim Braim. Ammo, mazkur futbolchilarning ham yoshi o‘tib bormoqda. Ammo, shunga qaramay, jazoirliklarda safida yulduz Riyad Mahrez bor. Shuningdek, Said Benraxma va Ismael Bennasserning o‘yinida ham ancha o‘sish bor. Shu sabab, qanday bo‘lmasin Jamel Belmadining shogirdlarini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi.

 

Bukmekerlar Misr terma jamoasini uchinchi davogar sifatida ko‘rishmoqda. Ammo, tahlil qilib ko‘rsak, Karlush Keyrush shogirdlarining kuchi juda yuqori baholangan. Sababi, “fir’avnlar” muxlislari bir sababga ko‘ra musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritishi mumkin. Birinchidan, bu Muhammad Saloh. “Liverpul” forvardi hozirda dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Biroq, Afrika kubogini bitta yulduz bilan qo‘lga kiritish qiyin, Salohning kuchli sheriklari yo‘q. “Arsenal”dan Mohamed Elneni, “Aston Villa”dan Trezege va “Galatasaroy”dan Mustafo Muhammad kabi nisbatan kuchli futbolchilari bor, qolganlari o‘z mamlakatida o‘ynashadi. Bu esa g‘alaba qozonish uchun yetarli bo‘lmaydi.

An’anaga ko‘ra, mezbon jamoalar Afrika kuboklarida yaxshi o‘ynashadi, shuning uchun Kamerun terma jamoasini esdan chiqarmaylik. Qolaversa, “sherlar” safida Andre Onana bor, u jamoaga katta yordam bera oladi. Kamerun safida bu mavsumda “Lion” tarkibida ko‘plab gol urgan Karl Toko Ekambi ham to‘p tepadi. Erik Maksim Chupo-Moting, Vensan Abubakar hujumda yordam berishi mumkin, ammo Toni Konseysaoning jamoasida kuchli himoyachilar va yarimhimoyachilar yetishmaydi.

 

Patris Bomel boshchiligidagi Kot-d’Ivuar terma jamoasida ham ajoyib futbolchilar bor. Jamoada darvozabon bilan aniq muammo bo‘lsa-da, ammo kuchli himoya chizig‘i darvozadagi kamchiliklarni minimallashtirishi mumkin: himoyada “Bayer”dan Odilon Kossonu, “Manchester Yunayted”dan Erik Bayli va “Vulverxempton”dan Villi Boli. Bunga kuchli yarim himoyadagi futbolchilarni qo‘shing – “Milan”dan Frank Kessi va PSVdan Ibraim Sangare. Kot-d’Ivuarlikning hujum chizig‘i ham ajoyib: “Arsenal”dan Nikolas Pepe, “Ayaks”dan Sebastyan Aller, “Kristal Pelas”dan Vilfrid Zaxa. Bu jamoa kubokni qo‘lga kiritadigan asosiy favorit deyish mumkin.

Marokash termasidan ham ko‘p narsa kutish kerak. Vaxid Halilxojich jamoasi tarkibida “Sevilya”ning ajoyib darvozaboni Yasin Bunu o‘ynaydi va uning klubdagi jamoadoshi Yusuf An-Nesiri hujumga o‘ynashi kutilmoqda. Qolaversa, yulduz Ashraf Xakimi va “Vulverxempton”ning ishonchli himoyachisi Roman Saiss ham bor. Biroq, turnirdagi natija jamoadagi muvozanatni qanday saqlab qolishingizga bog‘liq bo‘ladi.

Nigeriyaliklarning Viktor Osimxenni boy berganidan keyin imkoniyatlari pasaygan, ammo usiz ham Joze Pezeyruda yorqin ijrochilar yetarlicha. Aleks Ivobi, Vilfrid Ndidi, Frank Oneka va Kelechi Ixeanacho Angliya Premyer-ligasida barqaror o‘ynashadi. Statistika ham “burgutlar” tomonida. Musobaqaning so‘nggi 8 tasida jamoa yetti marta yarim finalga chiqdi, bir marta Afrika kubogini yutib, bir marta finalda mag‘lub bo‘ldi.

 

Ehtimol, biz asosiy favoritlarni sanab o‘tgandirmiz, lekin Afrika Millatlar Kubogi an’anaviy tarzda qiziqarli o‘tadi, chunki bu yerda ko‘pincha hammani hayratda qoldiradigan qorong‘ulik bor. 2012 yilda Zambiya turnirda g‘olib chiqqan, 2013 yilda Burkina-Faso termasi finalga chiqqan, 2015 yilda Kongo va Ekvatorial Gvineya termalari yarim finalda to‘xtagan. Umuman olganda, har doim ham sensasiyani ro‘y berishi mumkin.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:12, 08.01.2022.
O'qildi: 3518 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.