Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Anons: Luis Suares va kataloniyalik Moreno «Barselona»ga qarshi

Anons: Luis Suares va kataloniyalik Moreno «Barselona»ga qarshi

Baho:
+ | -

Bugun yaxshi o‘yinlar bor. Ulardan biri Ispaniya chempionatida "Granada" va "Barselona" o‘rtasida o‘tkaziladi. Sarlavhani ko‘rib tushundingiz, bu boshqa Luis Suares, kolumbiyalik. Biroq u ayni vaqida urugvaylikdan qolishmaydigan darajani namoyish etmoqda. "Barselona" baribir favorit, tushunarli, shunday bo‘lsada Xavi jamoasi so‘nggi g‘alabalarni qon bilan qo‘lga kiritmoqda. Ya’ni qiynalib.

Suares yagona muammo emas. "Granada"ni ancha talantli murabbiy Robert Moreno boshqaradi. Ashaddiy muxlislar uning "Barsa"da ishlab ketganini biladi. Moreno ancha vaqt Luis Enrikening yordamchisi sifatida faoliyat olib borgan. "Roma", "Selta", "Barselona" va Ispaniya terma jamoasida ular birgalikda ishlashgan. Keyin Moreno ajralib chiqib individual faoliyatni boshladi. Asli kataloniyalik murabbiy taktika ustasi hisoblanadi. Bu mavzuda turkum kitoblar muallifi. Nomi 4-4-2. U qanday taktikani yaxshi ko‘rishini kitob nomidan tushunsak bo‘ladi. Murabbiylikdan avval video-tahlilchi bo‘lgan. Granada uning uchun sinov zonasi. Tarkib kuchli emas, katta natijalardan umid yo‘q. Favoritlarning biroz qonini ichishi mumkin holos. Mana yana bir imkoniyat.

"Barselona" hamon to‘liq tarkibda emas. Jarohat olganlar va kovidchilar bor. Asosiylardan Depay, Dest va Gavi qaytgani ijobiy holat. Dembele va Lyuk de Yong esa formaga tushib olishdi. Xavi Superkubok klasikosi oldidan rotasiya qilishi ham mumkin. Hozircha shu ma’lumotlarni qabul qilasiz, qolganini 22:30 da Futbol kanalida bo‘ladigan translyasiyada gaplashamiz.

Davron Fayziyev.

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 21:04, 08.01.2022.
O'qildi: 3266 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.