Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

2021 yilning 11 omadsiz yulduzi

2021 yilning 11 omadsiz yulduzi

Baho:
+ | -

  O‘tgan yili ko‘plab futbolchilar o‘yinida pasayishlar kuzatildi. Biz esa aynan 2021 mavumda eng yomon o‘yin ko‘rsatgan futbolchilarning ramziy jamoasini tuzib chiqdik.

 Darvozabon

Ushbu pozisiyada asosiy nomzod so‘zsiz shaxsiy ko‘rsatkichlari sezilarli darajada pasayib ketgan Mark-Andre ter Shtegen. Nemis darvozaboni seyvlar bo‘yicha La Ligada 20-o‘rinda! Qolaversa, darvozabonda yorqin o‘yinlar va jamoani qutqarishi deyarli ko‘rinmayapti, "Barselona"ning himoyadagi kamchiliklari ham bunga sabab bo‘lishi mumkin.

Markaziy himoyachilar

Himoyaga 3 nafar futbolchi joylashadi va ulardan birinchisi - Kleman Langle. Fransuzga juda uzoq vaqt ishonch bildirilgandi, biroq murabbiylarning toqti toq bo‘lgach Langle maydonda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘la boshladi. Xatolar, avtogollar, chetlatishlar, Langle 2021 yilda shunday eslanadi. Transfer narxining 50 dan 18 million yevroga tushishi ulkan regressiyaning mantiqiy aksidir.

 

Ikkinchi himoyachi - Nikolay Rasskazov. Psixologik jihatdan futbolchi klubdagi qo‘llab-quvvatlash va Rui Vitoriya ishonchiga qaramay, bosimga dosh bera olmadi. Kolya bmlan birgalikda "Spartak" himoyasi har safar dahshatli ko‘rinardi. “Qizil-oqlar” Yevropa Ligasida ochko qo‘lga kiritgan oyinlarda Rasskazov maydonga tushmagan. Ehtimol, murabbiy Rasskazovning maydonda foydadan ko‘ra ko‘proq zarari borliginianglagandir.

 

Ushbu trioda so‘nggi futbolchi bir yil ichida Premyer-liganing potensial yulduzidan deyarli doim bosim ostida xato qiladigan odamga aylangan - Chag‘lar Syoyundjyu. U o‘tgan mavsumda “Lester”ga Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishida yordam bergan. 2020 yil unga "Manchester Yunayted", "Man Siti" va "Barselona" qiziqayotgan edi. Endi Rojers Chag‘larni tanimayotgan bo‘lsa ajab emas.

Yarim himoyachilar

Albatta bu pozisiyada ilk nomzod – Saul. U "Atletiko" chempion bo‘lishida muhim rol o‘ynamadi - o‘sha La Ligada u ko‘plab statistik ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng yomon mavsumlardan birini o‘tkazdi. Ispaniyalik futbolchining "Chelsi"ga o‘tishi esa yilning eng yomon transferlaridan biri bo‘ldi! Saul yuqori individual mahoratga ega, lekin APLda deyarli maydonda uni ko‘rmayapmiz. U atigi ikki marta Premyer-liga o‘ymnlarida maydonga tushdi va ikki safar ham tanaffusda almashtirildi.

Uning yoniga ham klub, ham terma jamoa ishonchidan bahramand bo‘layotgan Adriyen Rabyoni joylashtiramiz. Rabyoning muammosi shundaki, uning borligi ham yoqligi ham bilinmadi. O‘tgan yili fransiyalik umuman foydali ish qilmadi. “Yuventus” uni sotish haqida o‘ylab ko‘rsa bo‘ladi.

  Endigi 2 futbolchi hujumkor yarim himoyachilar bo‘ladi. "Barselona"ning yana bir vakili - Filippe Koutinyo bu tarkibdan joy olmasa adolatsizlik qilgan bo‘lamiz. U allaqachon jarohatini davolagan va Messi ketgach, maydonda yetakchi bo‘lishi mumkin edi. Biroq hatto akademiyadagi yigitlar ham braziliyalikdan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatmoqda. Uni Kataloniyaga ne-ne umidlar bilan olib kelishgan bo‘lsa, hozir undan tezroq qutilishni istayotganlar soni ko‘p.

 Tarkibdagi so‘nggi yarim himoyachi – Nikola Vlashich. Yozda u Yevroda o‘zini ko‘rsata olmadi, bundan tashqari, u "Vest Xem"ga o‘tib, katta xato qildi. U yerda Nikola Fornalsni ham, Bouenni ham, Benrahmani ham raqobatda yenga olmasligi kundek ravshvn edi. Angliyada RPLning asosiy yulduzi hisoblangan futbolchi 14 uchrashuvda ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.

Hujumchilar

Chap qanot albatta Timo Vernerniki bo‘ladi. Uning gol urishi juda kam kuzatilmoqda.  U «Chelsi» safida ketma-ket 9ta o‘yinda maydonga to‘shmadi va 2021 yilda ham shuncha gol urdi. Germaniya terma jamoasi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan jamoada bunday dahshatli statistika ko‘rsatib o‘ynash - bu mutlaqo omadsizlik. Aftidan, Timo hali ham klubni o‘zgartirgan ma’qul.

Keling, Ronalduning «Manchester Yunayted»ga kelishidan eng ko‘p jabr ko‘rgan Antoni Marsyalga huch bo‘lmasa shu tarkibdan joy topib beraylik. O‘tgan yili mavsum ohirida u kelasi mavsumda porlaydi degan umidlar bor edi. Ammo Antoni ushbu mavsum bor yo‘g‘i 1 gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Hozir esa uning «Old Trafford»dagi faoliyati yakunlanish arafasida. “Oltin to‘p”ga kelajakda da’vogar bo‘la oladi deb atalgan super iqtidor sohibi 26 yoshida oddiy futbolchiga aylandi.

Uchinchi hujumchi esa Pyer-Emerik Obameyang. 2020 yil sentyabrida gabonlik jiddiy shartnoma imzolaganidan so‘ng uning ko‘rsatkichlari ikki barobarga kamaydi. “Arsenal” yarim finalga chiqqan Yevropa ligasida Pyer yildagi oxirgi golini urgan edi. Unga xam yaqinda bir yil bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, u bir necha bor rejimni buzgan va ikki marta jamoadan chetlashtirilgan. 15 million yevro maosh bilan Premyer-ligada bir yilda 11 ta gol - bu futbolchi uchun ham, rahbariyat uchun ham yoqimsiz ko‘rsatgich.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 06:01, 09.01.2022.
O'qildi: 7394 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.