Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Orzulari ushalgan "bolakay" (1 qism)

Orzulari ushalgan "bolakay" (1 qism)

Baho:
+ | -

 “El Ninyo” ispan tilidan tarjima qilinganda bolakay degan ma’noni anglatadi. Ko‘plab futbol muxlislari o‘sha so‘zni eshitganida ko‘z oldida 9 raqamli libosdagi Torresni ko‘z oldiga keltiradi. Torres eng omadli va eng sovrindor hujumchi, desak mubolag‘a ishlatmagan bo‘lamiz. Uning baxti Ispaniyada tug‘ilgani, tug‘ilganida ham Raul davrida emas, “qizil furiya” uyg‘ongan davrda tug‘ilgani, faoliyatini har qanday yosh hujumchiga imkoniyat beradigan Madridning “Atletiko” jamoasida boshlagani, Angliyaga borib ham istalgan uslubga mos tushib ketavergani...

     Fernando yoshligini shunday eslaydi: Men Madriddagi maktabda o‘qiganman. Sinfda 25ga yaqin bolalar bo‘lar edi va ularning 24 tasi “Real Madrid” muxlisi edi. Faqatgina men “Atletiko”ning ishqibozi edim. Albatta bu qiyin edi.

5 yoshidan futbol o‘ynashni boshlagan Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlashi mumkin edi. Tasavvur qilyapsizmi “El Ninyo” darvozabon? 7 yoshida Fernando mashg‘ulotlarning birida barmog‘i qayrilib jiddiy jarohat oladi va uning onasi Flori Sans o‘g‘lining darvozabon bo‘lishiga qarshiliq qiladi. Shu tariqa Torresning kiperlik faoliyati yakunlanib, uning hujumchi sifatidagi sahifasi ochiladi.

“El Ninyo” 10 yoshida juda ham ajoyib o‘yinlar ko‘rsatib, “Rayo 13” jamoasidan porlab chiqadi. U o‘sha mavsum o‘zidan 3 yosh kattalar bilan bir jamoada o‘ynab 55 gol kiritishga muvaffaq bo‘ladi. Shundan so‘ng Fernando “Atletiko” futbol maktabiga sinov uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Ispaniyada “Manzanares” nomi bilan ataluvchi klub Torresning iqtidorini payqab, uni jamoada olib qolish kerakligini tushunadi.

 Aynan o‘sha yili Fernandoning kelajak uchun tashlagan yirik qadami bo‘lgan edi. 1995 yildan u “Atletiko”ning futbolchisiga aylandi. 1 yil o‘tib esa Torresga qirollik klubi bo‘lmish “Real Madrid”dan taklif keladi. Ammo Fernando bu taklifni o‘ylab o‘tirmasdan rad etgani haqida ko‘p bor gapirgan.

 Torresning ispan futboli orasida mashxur bo‘lishi 1998 yilda sodir bo‘lgan. O‘sha vaqtda “bolakay” 14 yoshda edi. “Atletiko”ning 15 yoshlilar jamoasida “Nike Cup”da ishtirok etgan Torres yakunda musobaqa g‘olibiga aylanadi. O‘sha turnirdan so‘ng bir necha mutaxassislar ispan futboli kelajagida yangi varaq ochilishini bashorat qilishgan.

 1999 yil Fernando Torres “Atletiko” bilan professional faoliyati uchun dadil qadam tashlaydi. Yani u aynan o‘sha yili rostmana “oq-qizillar” futbolchisiga aylanadi. Avvaliga “El Ninyo” yoshlar tarkibida to‘p tepadi. 2000 yil 16 yoshida Fernando jiddiy jarohat oladi va bir yilcha maydonga tusha olmaydi.

Jarohatdan forig‘ bo‘lgan Torres 16 yoshlilar o‘rtasidagi Yevropa chempionatiga Ispaniya tarkibida qatnashadi. Torres o‘sha musobaqaning finalida “qizil furiya”ning g‘alaba to‘pini kiritadi. Undan tashqari “El Ninyo” turnir to‘purari va eng yaxshi futbolchisi nomini ham qo‘lga kiritadi.

2001 yil Fernando asosiy jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazadi. O‘sha yilning may oyida “El Ninyo” “Atletiko” safidagi debyut uchrashuvida maydonga tushadi. O‘sha paytlar Madrid jamoasi Segundada o‘ynar, La Ligaga chiqishga esa kuchi yetmas edi. Torres debyutidan bir hafta o‘tgach, “Albesete”ga qarshi o‘yinda ilk golini kiritadi.   

Keyingi mavsum “Atletiko” Luis Aragones qo‘l ostida La Ligaga yo‘llanma qo‘lga kiritadi. Aragones Fernandoning o‘sishiga qatta hissa qo‘shadi. U yosh Torresga ko‘p o‘yin amaliyoti taqdim etadi. O‘sha mavsum “bolakay” 36 o‘yinda maydonga tushadi. Ammo juda kam (6 ta) gol urishga erishadi. 

Davomi bor.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:30, 14.01.2022.
O'qildi: 2910 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.