Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Orzulari ushalgan "bolakay" (yakuniy qism)

Orzulari ushalgan "bolakay" (yakuniy qism)

Baho:
+ | -1

 

 Mahalliy qahramonning uzoq kutilgan bolalik klubiga qaytishi nihoyat amalga oshdi.

Torres kelishi bilan “Real” darvozasiga 2 gol kiritdi. “Barselona”ning CHLdagi yurishlarini to‘xtatuvchi golga mualliflik qildi. Ketma-ket 5 uchrashuvda gol kiritdi. 2016 yilning fevralida u klubdagi 100-golini urdi. 2017-18 yilgi mavsumda “El Ninyo” nihoyat o‘z jamoasi bilan Yevropa Ligasi finalida “Marsel”ni mag‘lub etib, kubokni qo‘lga kiritdi. Bu Torresning faoliyatidagi yana bir katta sovrin bo‘lgan.  Shundan so‘ng qariya “bolakay” faoliyatini Yaponiyaning “Sagan Tosu” jamasida davom ettirdi. 

 Albatta, uning keyingi foliyati qanday bo‘lganidan qat’iy nazar, u yerda o‘tkazgan oltin yillari davomida "Atletiko" muxlislari orasida doimo hurmatga sazovor bo‘lib qoladi. Torres klubning jahon darajasidagi iqtidorlarni yetishtirishdagi muvaffaqiyati ramzi hisoblanadi.

 Ammo uning eng yaxshi yillari, shubhasiz, «Liverpul»da o‘tgan: «Bu uch yarim yil butun hayotimni o‘zgartirib yubordi», — dedi Torres «Enfild»dan ketganidan keyin. “Menda unvonlardan tashqari deyarli hamma narsa bor edi. Men o‘zimni qiroldek his qilgan jamoamdan ketdim.

 Torres hech qachon "Liverpul" afsonasi deb hisoblanmaydi, lekin uning klubdagi faoliyati doim esda qoladi. Negaki, u "Liverpul" libosida maydonga tushgan eng iqtidorli futbolchilardan biri. U ketganidan keyin muxlislarda paydo bo‘lgan nafrat oxir-oqibat yo‘qolishi turgan gap.

 2015 yilda Fernando "Enfild"da "Yulduzlar" xayriya o‘yinida ishtirok etdi, unda Torres o‘zining sobiq jamoasi sharafini himoya qildi va uning sharafiga Torres haqidagi qo‘shiq butun stadion bo‘ylab yangradi. Shundan so‘ng u bildi, “Enfild”da hamon uni yoqtirishadi.

 Torres zamonaviy Ispaniya futbolida yangi hujum asrini ochib bergan, desak mubolag‘a ishlatmagan bo‘lamiz. Raul paytida Raulga o‘xshab nozik harakat qiladigan avlod o‘tmish qa’riga singib ketgach, buyog‘iga ispanlar aynan shu yigit timsolida tezkor hujum uslubiga ega bo‘lishdi. Bu esa qator musobaqalarda naf berganini ko‘rdik.

El Ninyo bugungi kunda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Murabbiy bo‘lishiga tilakdosh emasdim, lekin u yaqinda "Atletiko"ning o‘rinbosarlariga ustozlik qilyapti. Nachora, Fernandoni raketa misol uchib ketayotgan hujumchi timsolida eslab qolgim kelgandi. Hujumchilardan kamdan kam sifatli murabbiylar chiqishini e’tiborga olsak, ajoyib reputasiyasini buzib ham qo‘yishi mumkin. Balki Simeone o‘ziga yaxshi voris tayyorlayotgandir.

 Axir, uni Madridda, Liverpulda va Londonda birdek yaxshi ko‘rishadi. Bu qadar jamlangan muhabbat boshqa hujumchiga nasib etmagan. U baribir o‘zini ulg‘aytirgan klubni tanladi. Buning nomini sadoqat deydilar. Yakunni esa Xayrulla Xamidovning Torresga bergan adolatli ta’rifi bilan tugatish ma’qul deb o‘yladim.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:30, 14.01.2022.
O'qildi: 3836 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.