Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Jamoliddin Normirzayev: "O‘yinning afishasi ozini oqladi. Barcha muhlislar shunday o‘yin kutgandi"

Jamoliddin Normirzayev: "O‘yinning afishasi ozini oqladi. Barcha muhlislar shunday o‘yin kutgandi"

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" futzalchisi Jamoliddin Normirzayev barchani hayajonda ushlagan AGMKga qarshi bahs haqida fikrlarini bildirdi.

- Bu o‘yinni barcha kutdi. Turning markaziy o‘yini, prinsipial raqiblar, turnir jadvalida peshqadamlik uchun kurashayotgan jamoalar... O‘yin jangovar o‘tishi kerak edi va shunday bo‘ldi ham. To‘p uchun kurash juda qattiq kechdi. Shunday chiroyli o‘yin ko‘rsatgani uchun jamoadoshlarimga rahmat aytib qolaman. O‘yinga yuqori kayfiyatda tayyorlangandik. G‘alaba uchun maydonga tushgandik. O‘tgan turda AGMKga mag‘lub bo‘lgandik. Bundan yaxshi hulosalar chiqarib, javob o‘yinida g‘alaba qozonmoqchi bo‘lgandik.
O‘yin davomida nafaqat bizda, balki, AGMKda ham yaxshi vaziyatlar bo‘ldi. Ikki tomonga ham gol borasida omad yetishmadi. Uchrashuvning so‘nggi soniyalarida ham ikki tomonning biri gol urishi mumkin bo‘lgandi. AGMKning navbatdagi o‘yinlariga omad tilayman. Biz esa navbatdagi bahslarga tayyorgarlikni davom ettiramiz. Bugungi o‘yinda bizni qo‘llab turgan muxlislarga minnatdorlik bildiraman.
O‘yinning qiyin o‘tishini bilardik. Ba’zi jamoadoshlarimiz jarohat olgan, ayrimlari kasal bo‘lib qolgandi. Ular tezroq safga qaytishsa, albatta, nur ustiga a’lo nur bo‘lardi.

- Futzaldagi faoliyatingiz davomida biror marta 0:0 hisobiga duch kelganmisiz?
- Futbolda bu hisob odatiy. Futzalda esa deyarli ko‘rmaysiz. Balki bo‘lgandir. Ammo eslay olmadim. Balki bunday hisob bo‘lmagandir. Faoliyatim anchagina katta muddatni tashkil qiladi. Bir o‘ylab ko‘rish kerak.

- Bugungi o‘yinni so‘nggi yillarda chempionatdagi eng yaxshi o‘yin desa bo‘ladimi?
- Bunga muxlislar baho bergani yaxshiroq. Biz baho bersak noo‘rin bo‘lib qolishi mumkin. Ammo fikrimcha, o‘yin kutilganidan-da qiziqarli kechdi, deb bemalol ayta olaman.

- Nima deb o‘ylaysiz, agarda bugungi o‘yinda darvozabonlar boshqa bo‘lganida hisob qanaqa bo‘lishi mumkin edi?
- Ular nima sababdan milliy termaning posbonlari ekanligini ko‘rsatib qo‘yishdi. Bahsda darvozabonlarga gap bo‘lishi mumkin emas. Ravshan Eliboyev va Rustam Umarov kim aslida kim ekanligini isbotlashdi. Ayta olamanki, agarda bahsda darvozalarni boshqa posbonlar qo‘riqlaganida bunday hisob bo‘lmasdi. Albatta, oldindan hisobni aytib bo‘lmasdi. Ammo boshqa posbonlar bo‘lganida bunday bosimli o‘yinda xato qilishi va gol o‘tkazib yuborishi hech gap emasdi.

Manba: Локомотив матбуот хизмати
Kiritildi: 14:49, 15.01.2022.
O'qildi: 1535 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.