Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

David Alaba: «Anchelottining hamon g‘alaba chanqoqligi hayratlanarli»

David Alaba: «Anchelottining hamon g‘alaba chanqoqligi hayratlanarli»

Baho:
+1 | -

Madridga ko‘chib o‘tganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmasdan David Alaba juda tezlik bilan «qirollik klubi» o‘yin mexanizmidagi muhim murvatga aylanib ulgurdi. Uning ispan futboliga tez moslashishi «Real»ning La Ligadagi hozirgi yetakchiligida katta o‘rin tutadi, albatta. Biroq avstriyalik universal himoyachining shahar odatlari, poytaxt ritmi, ispancha kun tartibidagi ayrim narsalar, masalan, kechki ovqat uchun ko‘nikishi biroz ko‘proq vaqt talab etdi. «Real»ning markaziy himoyachisi Germaniyaning SZ nashriga bergan intervyusida Ispaniya poytaxtidagi dastlabki oylarining turli jihatlari xususida gapirdi.

Ispanlarning kechki ovqatlari haqida

- Mahalliy tartib men uchun katta o‘zgarish bo‘ldi. Ayniqsa, yozda, kechqurun hayot butunlay «muzlaydi». Kechki ovqat uchun restoranga oqshom soat sakkizda borardim va ko‘pincha yolg‘iz o‘tirishga majbur edim. Qorinni to‘yg‘azib, endi turib ketayotganimdagina birinchi mahalliy mijozlar kelishardi.

Ispan tilini o‘rganishi haqida

- Bu juda muhim. «Bavariya» davridan bu kabi klublarda integrasiyaga qanchalik katta ahamiyat berilganini haligacha eslayman. Myunxenda fizioterapevtlar har doim chet ellik o‘yinchilarga imkon qadar tezroq moslashishlari uchun nemis tilida gaplashishni maslahat berishgan.

Karlo Anchelotti haqida

- Albatta, uning ispan tilini mukammal bilishini ko‘rishingiz mumkin. Ammo Myunxenda ham barchamiz uni juda yaxshi tushunardik, chunki hamma ingliz tilini bilardi. U yuqori darajadagi shaxs va ishlayotgan joyiga ajoyib tajribalar olib kiradi. Karlo o‘z ishini yaxshi ko‘radi va bizni o‘yinchi sifatida rivojlantirishda davom etadi, shunda doimo yuqori saviyada o‘ynaymiz. Uning hali ham g‘alaba qozonishga chanqoqligidan shunchaki lol qoldim.

«Real» va uning muvaffaqiyati haqida

- «Real» allaqachon umumiy muvaffaqiyat timsoliga aylanib ulgurgan. Buni jamoa va barcha xodimlar bilan olib borilayotgan kundalik ishda ham ko‘rish mumkin. «Real» yuqori o‘rinlarda bo‘lish uchun bor kuchini sarflaydigan klublardan biri va buni ko‘ryapsiz, ayniqsa, Chempionlar Ligasida. Jamoaning ushbu musobaqaga munosabati hech qachon o‘zgarmasligiga ishonaman.

«Bavariya» haqida

- Rummenigge va umuman, «Bavariya» rahbariyati bilan munosabatlarimiz juda yaxshi bo‘lgan va keyin ham shunday bo‘lib qolishiga shubham yo‘q. Ulardan bag‘oyat minnatdorman. Men Myunxenni, u yerning o‘zimnikiga juda o‘xshash madaniyatini, «Bavariya»dagi do‘stlarimni yaxshi ko‘raman.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:47, 16.01.2022.
O'qildi: 2135 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик