Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Yevropada kutilganidan a’lo ishtirok etayotgan jamoalar

Yevropada kutilganidan a’lo ishtirok etayotgan jamoalar

Baho:
+ | -

Yevromavsum-2021/2022 gollar, sensasiyalar va bosh-qa voqealarga boy tarzda kechmoqda. Ayrim jamoalar muxlislari kutgan o‘yinni namoyish etolmayapti, ba’zilarining esa, aksincha, ishtiroki kutilganidan a’lo bo‘lmoqda. Har holda, hozircha shunday. Quyidagi maqolada aynan shunday jamoalar haqida so‘z boradi.


«VEST XEM»

O‘tgan mavsum «Vest Xem» APL turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab, Yevropa Ligasiga chiqqandi. Bu «bolg‘achilar» tomonidan ajoyib natija sifatida qabul qilindi. Ko‘pchilikning fikricha, Devid Moyes jamoasi joriy mavsum ushbu ko‘rsatkichni takrorlay olmaydi. Ehtimol, shundaydir, ammo «Vest Xem» hozircha muxlislarini g‘alabalarga o‘rgatish uchun borini bermoqda. Londonliklar Yevropa Ligasida o‘z guruhlarida g‘olib chiqishdi, APLda esa 5-o‘rinda borishmoqda. Balki, jamoa hatto 6-pog‘onani ham boy berar, ammo bungacha ko‘plab mashhur raqiblariga boshog‘riq bo‘lishi turgan gap.


«SEVILYA»

Bu jamoa Ispaniyada «Real», «Barselona» va «Atletiko»dan keyin Chempionlar Ligasi hududi uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi. Ammo bu mavsumda Xulen Lopetegi jamoasi chempionlik poygasida ham qatnashmoqda. «Sevilya» - La Liga turnir jadvalini bosh­qarayotgan «qirollik klubi»ning eng yaqin ta’qibchisi. «Ner­vionliklar» CHLda muvaffaqiyatsiz qatnashishdi, lekin kadrlar muammosiga qaramay, YEL va milliy birinchilikda raqobatbardosh jamoa hisoblanishadi. Turnir jadvalidagi vaziyatdan kelib chiqsak, «Barsa» va «Atletiko»ning muammolari bo‘lmaganda, «Sevilya» bunday yuqori ko‘rsatkichga erisholmasdi, ehtimol. Bosh­qa tomondan, jamoadagi bar­qarorlik e’tirofga loyiq.


«BETIS»

Kutilganidan yorqinroq ishtirok etayotgan yana bir Sevilya jamoasi ayni payt La Liga turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. «Betis» chempionlik poygasida qatnashmasada, YECHL hududiga da’vogar hisoblanadi. Manuel Pellegrini shogirdlari yevrokuboklarga chiqishlari mumkin, ammo yo‘llanma Chempionlar Ligasiniki bo‘ladimi - bu katta savol. Joriy mavsum «Betis» afsonasi Xoakin uchun faoliyatidagi so‘nggisidir. Umuman, «verdiblankos»-da muvaffaqiyatga erishish uchun barcha imkoniyatlar bor. Ular milliy birinchilikda hamon yaxshi pozisiyaga egalar, yevrokuboklardagi ishtirokini ham davom ettirishmoqda. Ammo «Betis»ga barqarorlik yetishmayapti. Ushbu muammo hal bo‘lsa, jamoa yuqori o‘rinlar uchun kurashishi mumkin.


«RAYO VALYEKANO»

Boshidan baland sakrayotgan yana bir ispan jamoasi. O‘tgan mavsumni Segundada o‘tkazgan «Rayo Valyekano» joriy mavsum La Ligada 6-o‘rinda bormoqda, yevrokuboklarga chiqishga da’vogar. Radamel Falkaoning o‘yini alohida e’tiborga molik. Endigina elit divizionga qaytgan jamoada jahon darajasidagi futbolchini ko‘rish ko‘pchilik uchun kutilmagan hol bo‘ldi. Balki, tajribali kolumbiyalik hujumchi «Rayo Valyekano»ga yevrokuboklar yo‘llanmasini qo‘lga kiritishda yordamlashar, ammo bu borada bashorat qilishga erta. Zero, madridliklar ortida «Real Sosyedad», «Valensiya», «Vilyarreal» va «Atletik» kabi jiddiy ta’qibchilar bor.


«FIORENTINA»

Boy tarixga ega bu klubning so‘nggi paytlarda ham ichki arena, ham Yevropada ishlari qovushmayotgandi. Jamoani oldinga undash kamtarona «Spesiya»dan kelgan Vinchenso Italyanoga nasib qilishini ko‘pchilik kutmagani aniq. Hozircha ushbu mutaxassis «Fiorentina» obro‘sini qaytarish uchun yaxshigina ishni amalga oshirmoqda. Ayni payt «binafsharanglilar» «A» seriya turnir jadvalida 7-pog‘onada borishmoqda. So‘ng-gi 3 yil mobaynida Florensiya klubining finishda 10-o‘rindan yuqoriga chiqolmayotganini inobatga olsak, bu o‘sish demakdir. Mavsum oxirigacha hali ancha bor, lekin Italyano jamoasi yomon ko‘rinmayapti. «Fiorentina» yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashmoqda. Shuningdek, jamoada Dushan Vlaxovichdek to‘purar bor, u «A» seriyaning bu mavsumida 21 o‘yinda 16ta gol urdi. Serbiyalik hujumchining yozda Florensiyani tark etish ehtimoli yuqori, lekin hozircha uning jamoasi bilan maqsadlari mushtarak.


«FRAYBURG»

«RB Leypsig» va «Volfsburg» Chempionlar Ligasi o‘rni uchun kurashdan tushib qolgan bir pallada, kutilmaganda yo‘llanmaga «Frayburg» da’vogarlik qila boshladi. Ushbu jamoa mavsumning dastlabki qismini Bundesliga turnir jadvalida 3-o‘rinda yakunladi. Kristian Shtrayx shogirdlari «Bavariya»ga qarshi kechgan 11-tur o‘yinidan avval biror marta yutqazishmagandi. «Frayburg» ta’til arafasidagi so‘ng-gi haftalarda barqarorlikni yo‘qotgan bo‘lsada, Germaniya chempionati kuchli uchligidagi joyini saqlab qoldi. CHL yo‘llanmasi frayburgliklar uchun katta muvaffaqiyat bo‘lishi aniq, ammo jamoaga yuqori o‘rinlarni bashorat qilishga hali erta. Ortidan kuchli jamoalar ta’qib qilmoqda, bosh-qa tomondan esa, oldinda bar-qarorlikdan mosuvo Dortmund «Borussiya»si bor va «qovog‘arilar» bilan «kumush» uchun kurashish mumkin.


«NISSA»

Patrik Viyeyra o‘z g‘oyalarini qo‘llay olmay, «Kristal Pelas»ga ketgach, uning o‘rnini Fransiyaning amaldagi chempioni Kristof Galtye egalladi. Uning tashrifidan so‘ng Lazur sohili aholisida yana katta umidlar paydo bo‘ldi. Ayni payt «Nissa» Liga 1 turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. «Burgutlar» so‘nggi 5 yilda ilk bor CHLga chiqishlari mumkin. Ammo raqobat kuchli, ortdan «Marsel», «Renn», «Monpelye» va «Monako» kelmoqda. Milliy birinchilikda «PSJ»ga hech kim yetolmasa kerak, ammo Chempionlar Ligasiga chiqishni ko‘zlasa bo‘ladi. Galtye yaqindagina «parijliklarni taxtdan qulatib», shov-shuv ko‘targandi. «Burgutlar»da ham yaxshigina jamoa va tajribali murabbiy bor, birgalikda jiddiy maqsadlarga erishishlari mumkin. Lekin hozircha niyat - CHL.

O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:30, 17.01.2022.
O'qildi: 2926 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.