Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/11 17:00 Xitoy - Yaponiya
19/11 17:00 Indoneziya - Saudiya Arabistoni
19/11 17:00 KXDR - O‘zbekiston
19/11 19:00 Falastin - Janubiy Koreya
19/11 19:00 Qirg‘iziston - Eron
19/11 21:00 Ummon - Iroq
19/11 21:00 BAA - Qatar
19/11 23:15 Bahrayn - Avstraliya
19/11 23:15 Kuvayt - Iordaniya

APL intrigasi hech kimga shafqat qilmaydi, u yana bir tajribali mutaxassisning «boshiga yetdi»

APL intrigasi hech kimga shafqat qilmaydi, u yana bir tajribali mutaxassisning «boshiga yetdi»

Baho:
+ | -
"Everton" ustozi Rafael Benites iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qildi. "Jamoaga 2021 yilning iyunida kelgan Benites APL doirasidagi "Norvich"ga qarshi o‘yindan so‘ng (1:2) ishdan bo‘shatildi. Tez orada yangi murabbiy nomi e’lon qilinadi", – deyiladi rasmiy xabarda.

«Everton» so‘nggi bahslarda juda yomon taassurot qoldiryapti. Liverpulning «ko‘k» jamoasi ochkolarni to‘plashda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda.  Hozirda «irischilar» turnir jadvalida 15-o‘ringa tushib ketgan.

Premyer-liganing 22-turi boshlanishiga qadar so‘nggi o‘rinni egallab turgan «Norvich»dan uchralgan mag‘lubiyat muxlislarning chinakam g‘azabiga sabab bo‘ldi. «Norvich» 1 dekabrdan beri Premyer-ligada gol ura olmayotgan edi, kecha esa 18-daqiqaga kelib 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi - shunchaki dahshat. Mavsum avvalida chempionlik uchun kurash olib borgan «Everton» uchun bu sharmandali holat.

 

Avvaliga Maykl Kin avtogol evaziga hisobni ochgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay Adam Ida dublga erishdi. Ikkinchi bo‘limda Risharlison farqni bittaga qisqartirdi xolos. Ammo shundan keyin jamoaning qolganiga kuchi yetmadi, Benites kambek uchun shogirdlariga kuch bera olmadi. Darhaqiqat, «Norvich» haqli g‘alabani qo‘lga kiritdi, jamoa ko‘proq zarba berdi (zarbalar bo‘yicha 14:12) va darvoza yonida  ko‘proq xavfli vaziyat yaratdi.

Hozirda «Everton»ga dalda berib turadigan birgina omil mavjud. U ham bo‘lsa jamoa zaxirasida 3 ta qo‘shimcha o‘yin borligi. Ushbu uchrashuvlar «Nyukasl», «Byornli» va «Lester»ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Lekin «irischilar»ning hozirgi holati shuni ko‘rsatib turibdiki, jamoa autsayderlardan ham ochko olishda qiynalmoqda. «Everton» oktyabrni kuchli beshlikda kutib oldi. Biroq shundan so‘ng klub osmoni ostiga «qora bulutlar» to‘plana boshladi. Benites shogirdlari 13 uchrashuvda 1 g‘alaba, 3 durang va naq 9 marta mag‘lubiyatga uchrashdi. To‘plar farqi ham qo‘rqinchli darajada - 22:27. Bu davr ichida APLda «Everton»danda yomonroq natija ko‘rsatgan jamoa bo‘lmadi. Ha, hatto «Uotford» va «Nyukasl» ham «irischilar»dan ko‘proq ochko jamg‘arishgan.

Bu yerda ko‘proq kim aybdor? Albatta, Rafael Benites. Ayrim uchrashuvlarda ham ziyrak operatorlar Rafaga asosiy kamerani burganida asosan, u jilmaygan fonda ko‘rinib qolyapti. Bu esa muxlislarning g‘azabini o‘ynamoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi muxlislar shu ishoralar uchun ham Rafaning iste’fosini talab qilishdi. Ular tribunalardagi mehmonlar sektorida «Benites, klubimizdan ket» degan bannerlarni osib qo‘yishgan.

Muxlislardan biri hatto stadionga yugurib chiqishga qaror qildi: u maydonga otildi va «Everton» murabbiylar o‘rindig‘iga yugurdi. Uni stadion xavfsizligi xodimlari to‘xtatib qolishgan. Benites haqida turli memlar tarqalgani ham fikrimiz tasdig‘idir.

Ammo bu faqat statistika bilan bog‘liq tugal yechimlar emas. Benites jamoa yetakchilaridan biri Luka Din (o‘tgan mavsumning eng yaxshi assistenti) bilan janjallashib, uni «Aston Villa»ga sotib yubordi. Tasavvur qiling, u hozir qanday formaga ega? Benites klubda 2001 yildan buyon ishlab kelgan tibbiyot xizmati rahbari Denni Donachini ham ishdan bo‘shatdi. Donachi futbolchilar orasida juda katta obro‘ga ega shaxs edi.

Lekin Rafa yangi klubiga o‘z odamlarini olib keldi va Denni bu mavsumdagi ko‘plab jarohatlarda ayblandi. 2000 yillarning ikkinchi yarmida «Liverpul» bilan ishlagan Benites «Everton»ni «kichik klub» deb atagani eslatildi va muxlislar murabbiyga tahdid qila boshladi.

«Norvich»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng «Everton» rahbariyati favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi va unda murabbiyga barchasi yotig‘i bilan tushuntirildi. O‘z o‘rnida u ham barchasini tushunib yetdi.
«Endi hech narsa menga bog‘liq emas», deb tan oldi Benites. - Meni klubda 5-6 yildan beri mavjud muammolarni hal qilish uchun taklif qilishgan edi. Hozircha xatolarni kelajakda takrorlamaslik uchun tahlil qilishim kerak”, - deydi Rafa.

Biroq bu gaplar uning o‘z lavozimida qolishiga yetrali bo‘lmadi va tajribali mutaxassisga boshqa imkoniyat berilmaydigan bo‘ldi.

Kiritildi: 11:29, 17.01.2022.
O'qildi: 2634 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.